DENDRARIY (yun. dendron — daraxt), dendrologiya boği, arboretum — daraxtlar, butalar, yarim butalar, çirmaşuvçilar kolleksiyasi ekilgan oçiq maydon. D. mustaqil yoki botanika boği tarkibiga kiradi. D. bir neça gektardan yuzlab gektargaça maydonni egallaydi. D. ilmiy, uquv, madaniy-ma'rifiy, tajriba, i.ç. ahamiyatiga ega; ularda har xil turdagi daraxt ösimliklarini namoyiş qiliş, tajriba va tadqiqot işlari olib boriş uçun baza bölib xizmat qiladi. D.da ösimliklar ustida muntazam ravişda kuzatuv işlari olib boriladi, daraxt va butalarning fenologiyasi, ösiş va köpayiş xususiyatlari örganiladi. Şu jumladan xöjalik va biologik xususiyatlariga qiyosiy baho beriladi va ulardan foydalaniş va r-nlaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiladi, seleksiya işlari olib boriladi. D.ning asosiy vazifalaridan biri — har xil ösimliklarning introduksiyasm bölib, örmon xöjaligi, örmon ihotazorlari, kökalamzorlaştiriş uçun foydalanişda eng çidamli va hosildor şakllar ajratib oli-nadi. D.larda östiriladigan va örganilgan qimmatli tur va şakllarning uruğ va köçatlarini tarqatiş işlari katta ahamiyatga ega. D.ning majburiy qismi — introduksiyali va reproduksiyali köçatzorlardir. Birinçi köçatzorda ekspozitsiya uçun uruğköçat va köçatlar yetiştiriladi, ikkinçisida esa köçatlar parvariş qilinib boşqa D.lar va i.ç. ehtiyojlari uçun yetkazib beriladi.
Özbekistonda Janubiy Özbekistan seleksiya stansiyasi (Denov)ning subtropik va efir moyli butalar D.si, Özbekiston örmonçilik xöjaligi i.t. in-tining teraklar D.si (Toşkent ş. yaqinidagi «Dendropark»), örmon daraxtlari va butalari D.si (Toşkent viloyati Söqoq qişloğidagi Çatqol toğörmon melioratsiya st-yasi), Özbekiston FA Botanika boğidagi daraxtlar (qayin, qarağay va b.) va butalar D.si va b. bor (yana q. Dendrologiya).
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 195-b. — ziyouz.com