DENGIZKÖL — Buxoro viloyati Olot tumanidagi köl. Örta asrlarda «Borgini farox», ya'ni «Katta köl» deb yuri-tilgan. 10-a. yozma manbalarida D. «Qoraköl», «Buxayrayi Somjan» («Somjan köli») nomlari b-n atalgan. 10-a.da arab geografi Ibn Havqal tomonidan çizilgan Örta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi b-n körsatilgan. Muhammad Narşaxiy (10- a.) bu köl haqida «kengligi yigirma farsax (140—160 km) bölib, Buxoro daryosining ortiq-ça suvi şu kölga yiğilgan, unda suv jonivorlari kup, butun Xurosonda bu yerdagidek mikdorda quş va baliq tu-tilgan emas», deb yozgan.
Köl viloyatning jan. çekkasidagi (Zarafşon daryosining quyi oqimida) tektonik botikda, dengiz sathidan 181,5 m balandda joylaşgan. D.ga bir qança kollektor-zovurdan keladigan taşlama suv va ekin maydonlarini suğoriş natijasida hosil bölgan sizot suvi kelib quyiladi. Zarafşon daryosining asosiy tarmoği — Toyqir ham tölinsuv davrida kölgaça yetib boradi. D.dan suv oqib çiqmaydi, sarflaniş asosan buğlaniş va qisman şimiliş hisobiga keçadi. 60-y.lar va 70-y.larning boşlarida D.ning maydoni va çuqurligi tez-tez özgarib turgan: suv köp quyilgan davrlarda kölning mayd. 80—100 km2, çuq. 1,0—1,5 m, yoz oxirida esa tegişliça - 40-60 km2 va 25-30 sm bölgan. 70-80-y. larda Buxoro viloyatining jan.da yangi yerlarning özlaştirilişi va oqova suvlar mikdorining ortişi natijasida D. yildan-yilga kattalaşa bordi. 80-y. larning oxiri (1987)da uz. 43,3 km, eng keng joyi — 9 km, eng çuqur joyi 22 m, suv yuzasi mayd. 267 km2, suv hajmi — 2,7 km3 bulgan. Bu qiymatlar suv sathi tebranişiga mos ravişda yil davomida uzgarib tu-radi: kuzda buğlaniş kamaygaç, suv muvozanati turğunlaşadi, söng suv sathi yana orta boradi. D. kollektorzovur suvlari hisobiga töyinadi. Yezda buğlaniş ança kuçli. D.da şa-mol ta'sirida tölqinlar kuzatiladi. Suvi juda şör, kölning tubi ayrim joylarda 0,5 m gaça qalinlikda oş tuzi b-n qoplangan. D. suvi şifobaxş.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 193–194-b. — ziyouz.com