«FARĞONA HAQIQATI» - Farğona viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1917 y. okt.dan Qöqon şaqrida «El bayroği» nomi b-n naşr etila boşlagan. Keyinçalik «Mehnat bayroği» (1918 — 22), «Farğona» (1922—26), «Yangi Farğona» (1926— 32), «Kommuna» (1932—90), «Oltin vodiy» (1991—93) nomlari b-n çiqqan; 1993 y. noyabrdan hoz. nomda.
Öz vaqtida gaz.ning faoliyat körsatişiga Akmal Ikromov, Nazir Töraqulov singari respublika arboblari yaqindan yordam berişgan. Gaz.ning ommalaşib borişida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Söfizoda, Abdulla Qodiriy, Sobir Abdulla, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Şarif Rizo, Naim Sayd, Şarif Murtazin, Tölagan Soatov, Muhiddin Xayrullayev, Hasan Izzatiy kabi yozuvçi va jurnalistlarning xizmati katta bölgan. Keyinçalik ularning işini A.Mirzayev, A.Hamdam, J.Maşrabiy, Ş.Toşmatov, Yu.Karimov, H.Qodirov, A. Qambarov, A.Olim, V.Muzaffarov kabi jurnalistlar davom ettirgan. Oxunjon Hakimov, Muhammadjon Xayrullayev, Abdukarim Nabixöjayev, Yöldoş Sulaymon, Malika Mirzayeva, San'at Mahmudova, Abdujabbor Husanov, Komil Jöra, Alişer Ibodinov, Muhabbat Ibrohimova, Abdujalil Bobojonov, Mahfuza Usmonovalarning gaz. ijodkorlarining 3avlodi deyiş mumkin.
Töliq öqiş — yana 4 xatboşi
Gaz.ga turli yillarda B. Soliyev, A. Zohiriy, Q. Sorokin, M.Miroqilov, Naim Sayd, Lutfulla Olimiy, Akmal Pölat, Ahmad Yodgorov, Abdulla Mirzayev, Adxam Hamdam, Doniyor Ergaşev, Ahmadali Xöjayevlar muharrirlik qilişgan.
1993 i. noyabrdan «F.H.» va «Ferganskaya pravda» gaz.larining taxririyatlari birlaştirilgan. «F.H.» va «Ferganskaya pravda» gaz.lari viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida röy berayotgan yangiliklardan, buiyodkorlik işlaridan xabardor etiş va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaşga, islohotlarni çuqurlaştiriş, xalq farovonligi va turmuş darajasini oşiriş, tinçtotuvlik va hamjihatlikni mustahkamlaş işlariga jalb qilişga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Ayni paytda gaz. haftasiga 2 marta 8 sahifada 7 ming nusxada çop etilmokda. Boş muharriri: Fotih Azimov (2002 y. sent.dan).
Abdujalil Bobojonov.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 70-b. — ziyouz.com