GELLAR (lot. gelo — qotyapman) — qattiq moddalarning ba'zi xossalarini namoyon qiluvçi dispers sistemalar b-n suyuqyoki gazsimon muhit. Kolloid zarraçalar yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulalararo kuçlar ta'siri tufayli içki strukturalar hosil qiliş natijasida oquvçanlik xossasini batamom yöqotgan sistema iviq yoki, boşqaça aytganda. gel deb ataladi. G. şakl saklaş, mustahkamlik, plastiklik va b. xossalarga ega. Ulardagi bu xossalar turli tabiatli, molekulyararo kuçlar orqali özaro boğlangan, dispers faza zarraçalaridan taşkil topgan struktura hosil qiluvçi turlarning mavjudligi sababli vujudga keladi. Gel hosil bölganida sistemadagi dispers faza va dispersnoy muhit miqdorlari orasidagi nisbat özgarmay qoladi. Ba'zi gellarning tarkibida dispers faza juda oz miqdorda (1—2% gaça) böladi. Tarkibida suyuklik köp bölgan ana şunday gellar liogellar deb ataladi. Ular yuqori molekulyar modda eritmalarining ivişidan hosil böladi. Bular katoriga kisel, qatiq va b. kiradi. Quruq holatda olingan, tarkibida suyuqlik oz bölgan yuqori polimer moddalar ham gellardir. Ular qatoriga duradgorlik yelimi, kraxmal, kauçuk va b. kiradi. Tarkibida suyuqlik oz bölgan ana şunday quruq gellar kserogellar deb ataladi. Köpinça, koagulyatsiya yoki «tuzlaniş» hodisalari natijasida ham gellar hosil böladi. Ular koagellar deyiladi. Suyuqlikka solinganda bökib öz hajmini oşiradigan kserogellar elastik gellar, bu-kilmaydiganlari esa mört gellar deb ataladi. Jelatin, kauçuk elastik gellar, silikat kislota, temir (III)-gidroksid, ammoniy gidroksid gellar mört gellardir. Struktura hosil qilgan sistema (gel)ning struktura hosil qilmagan sistema (zol)ga izotermik aylanişi tiksotropiya deb ataladi. Tiksotropiya hodisasi katta amaliy ahamiyatga ega. Mas, yerni burğilaşda burği loy, kvars va b. tog jinslari qavatidan ötadi. Suv quyib parmalansa, toğ jinslari quyuq massaga aylanib burğilaşni qiyinlaştiradi. Agar suv örniga tiksotrop loy eritmasi (mas, bentonit suspenziyasi) işla-tilsa, u tog jinsi b-n aralaşib, tiksotrop sistema hosil qiladi va burğilaş osonlaşadi. Tiksotrop gellar vaqt ötişi b-n hajmini kuçaytirib, dispersion muhitni siqib çiqara boşlaydi. Gelning öz-öziça ikki qavatga (suyuq eritma va ziç gelga) ajraliş jarayoni — sinerezis sanoat mollari va oziq-ovqat i. ç. texnologiyasida köp uçraydi. G. hosil bölişi toğ-kon işida, polimer materiallar, katalizatorlar va sorbentlar i. ç.da, farmatsevtika, atir-upa va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 140–141-b. — ziyouz.com