GOLOGRAFIYA (yun. holos — butkul, töliq va ... grafil) — tölqinlar interferensiyasidan foydalanib buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qiliş usuli. D. Gabor kaşf etgan (1948), rus fizigi Yu.N. Denisyuk takomillaştirgan (1962). G. 60-y.larda lazer yaratilgandan keyin juda tez rivojlana boşladi. G. rangli va rangsiz (oq-qora) böladi. Gologramma hosil qiliş uçun linza yoki yiğuvçi közgu işlatiladi. G. yoki uning bir qismini yordamçi kogerent tölqin b-n nurlatib, buyumning tasvirini köriş mumkin. Buning uçun kogerent elektromagnit nurlar prizma yoki közgu yordamida ikki nur dastasiga ajratiladi. Nur dastasining biri (asosiy nur) közgu (prizma) ga, ikkinçisi (buyum nuri) esa buyumga yönaltiriladi. Közgu va buyumdan qaytgan nurlar fotoplastinkaga tuşadi, unda gologramma hosil böladi. Gologramma asosiy nur b-n yoritilsa, buyum surati muallaq holda körinadi (buyum suratini har tomondan köriş mumkin). Asosiy va buyumdan kaytgan nurlarning tölqin amplitudasi tölqinlar fazasiga ham boğliq. Asosiy nur fazasi fotoplastinka kengligida (bir qirrasidan ikkinçi qirrasigaça) tekis özgaradi, çunki fotogotastinkaga tuşgan tölqinlarning faza farqi buyumdan ötgan fazasiga boğliq. Buyumning har bir nuqtasidan qaytgan nurlar (tölqinlar)ning faza farki buyum nuktalari oraliği yoki hajmi haqida ma'lumot beradi. Mas, .U va S' manbalardan kelgan kogerent (monoxromatik) nurlar SS' kesmani teng ikkiga böluvçi gorizontal tekislikka bir xil fazada keladi. Bir-biriga tik nurlar dastasi qöşilişi natijasida hosil bölgan gologrammani asosiy nur i, b-n yoritilsa, ya2 nurning nusxasi i2' körinadi va, aksinça, gologramma p2 vertikal nur b-n yoritilsa, ya, körinadi. Demak, gologramma asosiy nur b-n yoritilsa, nuqtalarning fazadagi haqiqiy örni (bir-biridan uzoqligi) körinadi. «Buyum nuri» yönalişini özgartirib, bitta fotoplastinkaga bir qança gologrammani joylaştiriş mumkin. G. fizika va texnikaning turli sohalarida, ma'lumotlarni kodlaşda, akustikada, uç ölçovli kino va televideniyeda keng qöllaniladi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 383–384-b. — ziyouz.com