GVADELUPA — Fransiyaning Vest-Indiyadagi mulki. Şamolli o.lar guruhidagi yirik Gvadelupa o. va yondoş mayda orollar (Mari-Talant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-Ter va Senmarten o.ning şim. qismi)dan iborat. Umumiy mayd. 1,8 ming km2. Aholisi 418 ming kişi (1990-y.lar örtalari), asosan afrikaliklar va mu-latlar; qisman yevropaliklar. Ma'muriy markazi — Bas-Ter. Yirik şahri va porti — Puenta-Pitr. Rasmiy til — fransuz tili. G.ning yer yuzasi asosan ohaktoşlardan tuzilgan plato va vulkanik massivlardan iborat. Sönmagan Sufriyer vulkani (bal. 1467 m) Kiçik Antil o.laridagi eng baland çöqqidir. Orollar marjon riflari b-n öralgan. Iqli-mi tropik, passatli, issiq va sernam. Yiliga 1500—2000 mm yoğin yoğadi. Nam tropik örmonlar bor (hududining 38%). G.ni 1493 y.da X. Kolumbkaşf etgan. 1635 y.da fransuzlar bosib olgan. 1674 y.da rasman Fransiya mustamlakasi deb e'lon qilindi. G. 19-a. boşigaça fransuzlar b-n inglizlar örtasida bir neça marta qöldan-qölga ötib turdi. 1946 y.da G. Fransiyaning «dengiz ortidagi departamenta» makrmini oldi. Iqtisodiyotida q. x. yetakçi örinda. Asosan mahsuloti eksport qilinadigan ekinlar: şakarqamiş (ekin mayd. ning 50%), banan, kofe, kakao, şuningdek ananas, sitrus mevalar ham yetiştiriladi. Çorvaçiligida qoramol, eçki va çöçqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati q. x. mahsulotini qayta işlaydi. Çetga şakar, banan, rom içimligi çiqaradi. Çetdan tamaki, içimliklar, sanoat xom aşyosi, yoqilği, transport vositalari, uskunalar keltiriladi. G. eksportining 75%i, importining 90%i Fransiyaga töğri keladi. Gvadelupa tabiat parki bor. Turizm rivojlangan. Pul birligi — fransiya franki.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 109-b. — ziyouz.com