KESSON (frans. caisson — yaşik) — O (qurilişda) — suv ostida yoki sersuv gruntda suvdan xoli iş joyi (kamera) hosil qilişga imkon beradigan tösuvçi qurilma; bunda suv qisilgan havo yordamida qisib çiqariladi. K. yuqorida qurilib, keyin suv ostiga öz oğirligi b-n tuşiriladi. Tuproq qazilgan sari K. pastroq tuşaveradi. Gidrotexnika inşootlari, köpriklar, tunnellar, çuqur poydevorlar va b. qurişda qöllaniladi; 2) ( m ye ' m o r l i k d a ) — törtburçak (ba'zan köpburçak) li içki gumbaz va ravoq osti yoki şiftning çuqur joyi. K. gumbaz şiftga asos qilib olinadi va bezak vazifasini bajaradi, şuningdek, xona akustikasini yaxşilaşda muhim rol öynaydi; 3) (kemalarni ta'mirlaşda) — kemaning suv ostidagi qismini közdan keçiriş yoki ta'mirlaş uçun vaqtinçalik suvdan quritadigan qurilma. Kemaning quritiladigan joyi şakliga mos keladigan qilib metall yoki yoğoçdan işlanadi. K. içidan suv sörib olingandan söng u atrofdagi suvning bosimi ta'sirida kema korpusiga ziç yopişadi. K. kemani doklarga kiritişdan xoli qiliş imkonini beradi; 4) (aviatsiyada) — samolyot kanotiga ta'sir etuvçi va burovçi kuçlarni öziga qabul qiladigan içi havoli qutiçasimon lonjeron; 5) (metallurgi ya d a) — içida sovituvçi suv sirkulyatsiyalanadigan pölat qutiça. Şaxta peçlarining devorlari ana şu K.lardan terib xreil qilinadi. Bulardan taşkari, K.dan marten peçlarining gaz kanallarini sovitişda ham foydalaniladi; 6) (quymaçilikda) — quyma qoliplari devorlarini mustahkamlaş va önga sizot suvlari sizib ötişining oldini oliş uçun işlatiladigan ğişt yoki betondan işlangan qurilma (yaşik). Çuqur öralarda quyma qoliplar tayyorlaşda foydalaniladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 324-b. — ziyouz.com