Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Işonç3,6Örta

    Dahr uyi bunyodkim

    Saqlaş

    Şe'r matni

    '''I'''

    Dahr uyi bunyodkim, su uzradir, mahkam emas,Onda kirgan el xavotirdin amon bir dam emas.

    Doimo vayronlig' osori oning arkonidin,Borcha olam ahlig'a ma'lum erur, mubham emas.

    Kecha-yu kunduz yog'ar idbor gardi saqfidin,Yoqmoqi har dam fuzun oning zamoni kam emas.

    Bu sifatlig' uy aro har kimki maskan ayladi,Xotiri oning xavotirdin dami beg'am emas.

    Ushbu mehnatxonada gar shoh bo'lsun, gar gado,Bir nafas aysh-u farog'at jomidin xurram emas.

    Onda har kim boshig'a yuz dardu g'am aylab hujum,Bir kishi yo'q ashki hasratdin ko'zi purnam emas.

    Ko'bdur onda ishrat ummidi bila tutg'on makon,Shohidi maqsudig'a lekin biri hamdam emas.

    Borcha zindoni baliyatg'a bo'lubdur mubtalo,Umri ichra bir nafas osuda bir odam emas.

    Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur,Chiqsa ondin har kishi — g'am bandidin ozod erur.

    '''II'''

    Dahri dun ayyorasikim, yo'q ango mehr-u vafo,Peshasi kin-u nifoq-u odati — javr-u jafo.

    Yo'qturur aslo hamul makkora qotil zotida,Zarracha rahm-u muruvvat, qatracha sharm-u hayo.

    Hiyla domig'a xaloyiqni giriftor etgusi,Ko'rguzub g'anj-u dalol-u g'amza-yu noz-u ado.

    Ishvalar zohir qilur har lahza yuz nayrang ila,Toki el jon-u dilig'a solg'ay oshub-u balo.

    Qaddi shavqi ichradur tanlarga yuz zahmi sinon,Kirpiki fikridadur jonlarg'a ming nishi izo.

    Zulfining savdosi domida qilib zor-u asir,Aylagay jumla xaloyiq ro'zg'orini qaro.

    Hajr zahri birla aylab elni doim talxkom.Vasl no'shi birla bir dam aylamas komin ravo.

    Qatl etar oxir tuman nokomlig' tig'i bila,Kimsaki, bo'lmish oning qaydi g'amig'a mubtalo.

    Dahr bir vayronayedurkim, xarob obod erur,Chiqsa ondin har kishi — g'am bandidin ozod erur.

    Asl matn38 misra · Manba: Vikimanba nusxasi: Dahr uyi bunyodkim... · CC BY-SA 4.0

    Ogahiyning şe'ri

    Bu şe'rning şarhi hali yozilmagan. Ma'nosi, sözlari yoki tarixi haqida bilganingizni fikr sifatida yozing.

    Ulaşiş
    Iqtibos keltiriş

    ÖzDSt (GOST)Dahr uyi bunyodkim // Manbaa — özgarmas bilimlar manbai. URL: https://manbaa.uz/m/11519 (murojaat sanasi: 30.10.2026).

    APADahr uyi bunyodkim. (2026). In Manbaa. Retrieved 2026-10-30, from https://manbaa.uz/m/11519

    Abadiy havola — nom özgarsa ham işlaydi: https://manbaa.uz/m/11519

    Ulaşiş

    Dahr uyi bunyodkim

    Manbaa'dagi döstingizga

    Kiring — mavzuni Manbaa'dagi döstingizga töğridan-töğri yuborasiz.

    Tarmoqlarga

    Havola

    Fikrlar

    Insonlarning mulohazalari — muallifi nomi bilan. Bu asosiy matn emas: eng köp «Mukammal» olgan fikr keyinçalik asosiy matnga kötarilişi mumkin. Aniq fakt yoki xato bölsa — manbasi bilan yuboring.

    Kiring — va «Dahr uyi bunyodkim» haqida fikringizni yozing. U darhol şu yerda, nomingiz bilan çiqadi.

    «Dahr uyi bunyodkim» haqida hali fikr yöq. Birinçi böling.

    Manbalar

    1 ta manba
    1. 1Vikimanba nusxasi: Dahr uyi bunyodkim...wikisource.org

    Izohlar (0)

    Kiring — izoh yoziş va ovoz beriş uçun. Telegram yoki Google orqali — bir bosişda.

    Xato topdingizmi?

    Manbasi bilan yozing — qabul qilinsa, sanadga muallif sifatida kirasiz.

    Kirib yoziş

    ✦ Tokeningiz bekor ketmasin — jamiyatga hissa qöşing

    Obuna bölgan SI agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) Manbaa'ni tekşirtiring: xato topsin, yöq mavzularni yozsin. Tekşiruvdan ötgan har mavzu uçun ball sizga ham, modelga ham.

    Agentingiz uçun buyruq

    1. «Nusxalaş»ni bosing.
    2. Agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) yuboring. Saytga sörov yubora oladigan agent (Gemini CLI, ChatGPT agenti, Claude Code) hammasini özi qiladi; oddiy çat esa JSON yozib beradi.
    3. Natija darhol saytga tuşadi — «tekşirilmagan» belgisi bilan; fakt tekşiruvidan keyin ball beriladi.

    Yangi mavzu yoziş uçun şaxsiy kalit kerak — kiring. Kalitsiz agent faqat xato topib yuboradi.