STATIKA (yun. ststike — jismlarning ogirligi va muvozanati haqidagi ta'limot) — mexanika bölimi; jismlarning ularga qöyilgan kuçlar ta'sirida muvozanatda böliş şarti örganiladi. Qattiq jismlar S.si, suyukliklar S.si (gidrostatika) va gazlar S.si (aerostatika) ga bölinadi. Qattiq jismlar S.si esa analitik va geometrik S.ga bölinadi. Analitik S. asosida mumkin bölgan köçişlar prinsipi yotadi; bu prinsip yordamida ixtiyoriy mexanik tizimning muvozanat şartlari aniklanadi. Geo metrik S. mexanikaning asosiy qonunlaridan kelib çiquvçi, tajriba va kuzatişlar natijasida aniklangan quyidagi aksiomalarga asoslanadi: 1) inersiya aksiomasi — jiyemga qöyilgan kuçlar tizimi özaro muvozanatlaşsa, jism tinç holatda böladi yoki töğri çiziqli tekis harakat qiladi. 2) muvozanat aksiomasi — erkin jiyemning istalgan 2 nuqtasiga miqdorlari teng, yönalişi esa şu nuqtalardan ötuvçi töğri çiziq böyiça qaramaqarşi tomonga yönalgan 2 ta kuç ta'sir etsa, buqday kuçlar özaro muvozanatlaşadi; 3) parallelogramm aksiomasi — jiyemning biror nuqtasiga qöyilgan turli yönalişdagi 2 kuçning teng ta'sir etuvçisi mikdor jihatdan şu kuçlarga qurilgan parallelogrammning ular qöyilgan nuqtadan ötuvçi diagonaliga teng va şu diagonal böyiça yönaladi; 4)ta'sir va aks ta'sir aksiomasi — 2 jiyemning birbiriga har qanday ta'siri özaro ta'sirga ega bölib, bu ta'sirlar har doim kattaligi jihatdan teng va yönalişi jihatdan qaramaqarşidir. Bu qonunni birinçi bölib I. Nyuton ta'riflagan. Geometrik S. uslublaridan foydalanib qattiq jismlarning muvozanat holatlari örganiladi. Bunda, asosan, quyidagi 2 turdagi masalani yeçiş köriladi: 1) jismga qöyilgan kuçlar tizimini oddiy körinişga keltiriş; 2) jism muvozanatda bölişi uçun unga qöyiladigan kuçlar tizimi qanday şartlarni qanoatlantirişini aniqlaş. S.ning asosiy tuşunçalariga moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, sanoq tizimi, erkin jism, kuç, biror nuqtaga yoki ukda nisbatan kuç momenti, juft kuçlar kiradi. Kuçlarni va ularning momentlarini qöşiş vektorlarni qöşiş qoidasi böyiça amalga oşiriladi. Berilgan jismga ta'sir etuvçi barça kuçlar Ğ ning geometrik yiğindisiga teng bölgan R kattalikka bu kuçlar tizimining boş vektori, şu kuçlarning Omarkazga nisbatan momentlari t0 (Ğk) ning geometrik yiğindisiga teng bölgan My kattalikka esa markazga nisbatan kuçlar tizimining boş momenti deyiladi: R q 'Ğ^Mq1.ta(Ğk). Demak, mutlaq qattiq jismga qöyilgan kuçlar tizimi bitta boş vektor va bitta boş momentga keltirilar ekan. Har qanday kuçlar tizimining muvozanatda bölişi uçun bu kuçlar tizimining boş vektori va ixtiyoriy keltiriş markaziga nisbatan boş momenti nolga teng bölişi zarur va yetarlidir. S. masalalarini grafik uslublardan foydalanib yeçiş kuçlar köpburçagini va arqonli köpburçakni yasaşga asoslangan.
Ad.: Örozboyev M.T., Nazariy mexanikaningasosiy kursi, T., 1966; Şohaydarova P. va b., Nazariy mexanika, T., 1991; 3 o i rov J., Nazariy mexanika, T., 1998.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 593–594-b. — ziyouz.com