ASAKAOVDON — Ustyurt platosining jan.dagi tektonik botiq. Şimda Markaziy qirlar (Qorabovur qirlari) va jan.da Ustyurt kötarilmalari (Qoplonqir qirlari va uning ğarbdagi davomi) örtasida joylaşgan. Geologik jihatdan Asakaovdon bukilmasi örniga mos keladi. A.da paleozoy jinslari 5000 m çuqurlikda joylaşgan. Şim. yon bağrida Şoxpaxti va Şim. Asakaovdon strukturalari mavjud. Şoxpaxti strukturasida quyi yura yotqiziqlari quyi triasning argillit va ohaktoşlari ustida joylaşgan. Yura va bör davri yotqiziqlari qumtoş, gravelit, gil, ohaklaşgan qumtoş, angidritdan iborat. Yuqori börning yotqiziqlarida mergel va ohaktoş ham bor. Paleogen yotqiziqlari gilli alevrolit, neogenda sarmat yarusi (yuqori miotsen)ga oid ohaktoş, mergel va qumtoşlar kengroq tarqalgan. Apşeron yotqiziqlari (pliotsen), şağal va konglomeratdan iborat. A. usti qad. delyuvial-prolyuvial va yoşroq köl-allyuvial yotqiziklari b-n band.
A.ning uz. ğarbdan şarqqa qariyb 90 km, eni 20 — 40 km. Tubining mutlaq bal. 30 dan 60 m gaça. Mayd. 5600 km2. Jan. qismi bir oz kötarilgan. Şim. qismi esa pastroq. A. tubining örtaroq qismidagi zamini toşloq, gipslaşgan marza botiqni ikkiga bölib turadi. Botiqlar tubida qoldiq döngliklar bor. Pastqamliklar köl-allyuvial yotqiziqlar b-n band. Şamol harakati natijasida turli relyef şakllari hosil bölgan. Aning yon bağirlari çuqur özanlar b-n öyilgan. A.da grunt suvlari atrofdagi kir va tekisliklarda vujudga kelib, botiq tomon oqim hosil keladi. Minerallaşuv darajasi har l da 60 — 100 g ni taşkil qiladi. Sariqamiş botiğidagi kölning sathi kötarilib borayotganligi sababli A. grunt suvlari sathi ham şarqiy qism (Şörja botiği) da kötarilib bormoqda.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 681-b. — ziyouz.com