MARĞIYONA (yun., qadimgi forsça Marguş, Avestoda — Mouru, örta forsçada — Marv) — Örta Osiyodagi katta tarixiy madaniy viloyat. Murgob daryosining örta oqimidagi hududlar va Marv vohasi (Turkmaniston)dan iborat bölgan. M. hududida — eneolit davrida ibtidoiy odamlar yaşagan. Mil. av. 2-ming yillik boşlarida Murğobning yuqori havzasida qad. dehqonçilik markazi (Kallali vohasi) vujudga kelgan, bu yerda atrofi minorali mudofaa devori b-n öralgan yirik qişloqlar paydo bölgan. Ilk temir davri (mil. av. 1ming yillik boşlarida viloyatni özlaştiriş davom etgan. Yirik suğoriş tizimlari barpo qilingan, sun'iy baland tepaliklar ustiga qurilgan qörğon (qal'a)li qişloqgsar paydo bölgan (Yoztepa, Arvalitepa), ular kiçik mulklarning markazi sanalgan. Mil. av. 1ming yillik örtasida viloyat markazi jan.ga, Erkqal'a va Gabr qal'a örniga köçgan, bu yerda M.ning poytaxt şaxri — qad. Marv bunyod etilgan. M.ni Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinişi (mil. av. 6-a. 2-yarmi) Frada boşçiligidagi Martena qözğoloninn keltirib çiqargan. Qözgolon Doro hukmronligi (mil. av. 521—486)ning dastlabki yillarida ayovsiz bostirilgan. M. Baktriya satrapligi tarkibiga kiritilgan. Mil. av. taxm. 329 y. M. Aleksandr tomonidan bosib olingan. Aleksandr bu yerda (Gabr qal'a örnida) Aleksandriya ş.ga asos solgan. Mil. av. 4-a. oxiridan mil. av. 3-a. örtalarigaça M. Salavkiylar davlatiga tobe bölgan. Viloyat markazi qilib Marğiyonadagi Antioxiya ş. olingan. Yunon-Baqtriya podşoligi barpo etilgaç, M. ma'lum vaqt uning satrapiyalaridan biri bölgan. Mil. av. 2-a. ning 2-yarmida M. Parfiya tarkibiga kirgan. Mil. 1-a.ning 2-yarmidan — 3-a. boşigaça bu yerda mahalliy şoh Sanobarning avlodlari sulolasi qaror topgan. Mil. 3-a. 2-çoragidan — 4-a. örtasigaça M. Sosoniylar davlatita böysungan. 651 y. M.ni arablar fath etgan.
Ad. Avesto [Yaştkitobi] (Ishoqov M. tarjimasi), T., 2001; Özbekiston davlatçiligi tarixi oçerklari, T., 2001; Sagdullayev A., Qadimgi Özbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 259–260-b. — ziyouz.com