DIALEKTIKA [yun. dialektike (techne) — suhbat olib boriş, bahslaşiş san'ati] — borliqning vujudga kelişi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta'limot hamda voqelikni biliş va unga asoslangan tafakkur uslubi. «D» tuşunçasi falsafa tarixida dastlab hoz. ma'nosidan boşqaça tuşunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni oçib taşlaş, munozara orqali xaqiqatni topiş san'atini anglatgan. Keyinçalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boşlagan, biliş uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni biliş jarayoni sifatida inson, jamiyat b-n boğliklikda paydo bölgan. Voqelikni biliş va uni inson manfaatlari yölida özgartirişning dialektik us-lubini anglaşga intiliş qad. zamonlarga borib taqaladi. Bu intiliş dastlab Şarqda paydo bölib, antik davrda öz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida D. turliça talqin qilingan. «D» sözi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qöllanilgan. U D.ni bir-biriga zid, qaramaqarşi fikrlar töqnaşu-vi orqali haqiqatni topiş san'ati deb bilgan. Geraklit ijodida D. özining antik davrdagi eng yorqin körinişiga ega böldi. Geraklit fikriça, D.— muttasil harakatdagi olam içki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga keliş, rivojlaniş hamda tanazzulga yuz tutiş — qaramaqarşiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari ta'limotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda biliş faqat nisbiy, gumoniy, taxm. ekanligini e'tirof etişgaça borib yetdilar. Örta asrlardan 18-a. gaça D. oddiy (maktabda öqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tuşunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini biliş maqsadida tuşunçalarni bölak-bölaklarga ajratiş, söng bir-biri b-n öza-ro boğlaş uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarşiliklarning mos kelişi haqidagi ta'limot deb ta'kidlaşgan. Kantnit fikriça, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilişga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglaşning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy şakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin D.ni vokelikni biliş va uni inqilobiy özgartiriş qaqidagi ta'limot hamda buning tegişli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga boriş kafolatini köradi. 20-a. Ğarb falsafasida D. neogegelçilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 243–244-b. — ziyouz.com