BOLQON YARIM OROLI — Jan. Yevropadagi yarim orol. Mayd. 505 ming km2. B.ya.o.ning materikdagi şartli çegarasi Dunay va Sava daryolaridan ötadi. Kiçik Osiyo ya.o.dan Marmar dengizi, Bosfor va Dardanel böğozlari orqali ajralib turadi. Ğarbdan şarqqa (45° ş.k. böylab) 1260 km, şim.dan jan. ga 950 km ga çözilgan. B.ya.o.ni Qora dengiz, Örta dengiz, Marmar, Egey, Ioni va Adriatika dengizlari örab turadi. Qirğoqlari juda parçalangan, yarim orol atrofida mayda orollar köp (Şim. Sporada, Evbeya, Kiklada va b.). B.ya.o.ning katta qismi toğlardan iborat, ğarbiy va jan. tomonlarida toğlar qirğoqqa yaqinlaşib kelgan. Şim.şarqiy qismida StaraPlanina (Bolqon) toğlari va Dobruja platosi joylaşgan. Yarim orolning şarqiy qismida unça katta bölmagan pasttekisliklar bor. Örta Dunay va Quyi Dunay tekisliklarining jan. qismi kiradi. Sohilida Örta dengiz iqlimi, markaziy va şim. qismida mö'tadil kontinental iqlim, toğlik qismida esa balandlik iqlim mintaqalari hosil bölgan. Iyulning örtaça t-rasi şim.da 22—23°, jan.da 25—27°, yanv. niki şimla — G dan —2° gaça va janda 81 G. Yillik yoğinğarbida 10001500 mm, Kotor qöltiği atrofida 5000 mm, şarqiy vajan. qismida 1000 mm dan kam. Dunaydan boşka daryolari unça katta emas, lekin gidroenergiya resurslariga boy. Eng yirik daryolari — Maritsa, Morava, Struma, Iskir, Sava. B.ya.o. jan. qismining va Adriatika dengizi sohilining ösimliklari Örta dengiz ösimliklari tipiga kiradi. Boşqa qismlaridagi ösimliklar Markaziy Yevropa ösimliklariga öxşaydi. Toğlarning yon bağrida keng bargli va igna bargli örmonlar, yuqorisida ötloqlar bor. Foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, rangli metallar (mis, rux, qörğoşin), simob, boksit, neft bor. B.ya.o.da Bolgariya, Albaniya, Gretsiya, Bosniya, Gersegovina, Makedoniya, Xorvatiya, Sloveniya, Ruminiya, Yugoslaviya va Turkiyaning bir qismi hamda Italiyaning şim.şarqidagi kiçik bir qismi joylaşgan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 523-b. — ziyouz.com