MIRZAOBOD TUMANI - Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1988 y. 2 sent.da taşkil etilgan. Dastlab Komsomol, 1992 y. 22 okt.dan Mirzaobod deb nomlangan. Viloyatning Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Boyovut, Mehnat-obod, Şarof Raşidov va Oqoltin tumanlari hamda bir qismi Qozoğiston b-n çegaradoş. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 41,5 ming kişi (2000). M.t.da 7 qişloq fuqarolari yiğini (Birlaşgan, Mehnatobod, Mirzaçöl, Navbahor, Nurafşon, Oqoltin, Toşkent) bor. Markazi Navröz qişloği.
Tabiati. M.t. Mirzaçöl tekisligida joylaşgan. Yer yuzasi tekislik (örtaça bal. 250 m), lyossimon qumoq va kumlokdar b-n qoplangan. Iqlimi kontinental. Iyulning örtaça t-rasi 28°, yanv.niki —2° dan —4° gaça. Yiliga 200—300 mm yoğin tuşadi. Grunt suvlari şör va şörtob. Tuproklari, asosan, böz tuproq. Tabiiy ösimliklardan miya, yantoq, qamiş, yulğun, qiyoq kabilar ariqzovurlar çetida ösadi. Çiyaböri, töqay muşugi, börsiq, qöşoyoq, körsiçqon, kaltakesak va ilonlar uçraydi. Parrandalardan ördak, loyxörak, qirğovul, söfitörğay, çumçuq va b. bor.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Aholisi, asosan, özbeklar, şuningdek, rus, tatar, tojik, qozoq, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yaşaydi. 1 km2 ga 94 kişi töğri keladi.
Xöjaligining asosi — dehqrnçilik, yetakçi tarmoği — paxtaçilik. Ğalla, sabzavot, poliz, meva, uzum, kartoşka ham yetiştiriladi. Tumanning asosiy ekin maydoni 44426 ga, şundan suğoriladigan yerlar 24043 ga. M.t.da 10 şirkat, 43 dehqon-fermer xöjaligi, 5 xususiy ferma, 2 çorvaçilik aksiyadorlik jamiyati bor. Tumanda 3 sanoat, 2 quriliş korxonasi, 37 xususiy korxona, dehqon bozori, Xalq banki binosi, stadion, tennis korti mavjud. 30 ga yaqin umumiy ta'lim maktabi, kasb-hunar, 2 iqtidorli bolalar litseylari faoliyat körsatadi. 3 kasalxona, 5 qişloq vraçlik punkti, markaziy poliklinika xalqqa xizmat qiladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 598-b. — ziyouz.com