MULTIPLIKATOR (ing. multiplier — köpaytiruvçi, oşiruvçi) — iqtisodiyotdagi moliyaviy okimlarning ikki (ba'zan ikkitadan köprok) körsatkiç (parametr)lari örtasidagi boğlanişlarni [mas, davlat byudjeta xarajatlarining ösişi b-n yalpi içki mahsulot (YAIM)ning hajmi, depozitlar hajmi b-n muomalada bölgan pul massasi örtasidagi) tavsiflovçi körsatkiç. Akselerator (i.ç. hajmini oşiriş natijasida i.ç.ga jalb etiladigan yangi investitsiyalar neça marta köpayişini aks ettiradigan makro-iqtisodiy körsatkiç) b-n birgalikda qöllanadi. «M.» tuşunçasini iqtisodiy amaliyotga birinçi marta J. M. Kepns kiritgan. P. Samuelson va b. tomonidan rivojlantirilgan. Xarajatlar, daromadlar, investitsiyalar yoki boşka moliyaviy okimlarning kaysi to-ifasi boşlanğiç asos tarzida olinişiga qarab M.larning investitsiya xarajatlari M.i., hukumat xarajatlari M.i., xarajatlar M.i. va b. turlari bor. Multiplikativ samara (M. samarasi) asosida iktisodiyotning bir subyekti xarajatlari boşka subyektning daromadini hosil kiliş hodisasi yotadi. Mas, davlat byudjetining xarajatlari (ijtimoiy ehtiyojlar, soğlikni saqlaş, yangi kurilişlar, harbiy texnika sotib oliş, davlat apparatini saklaş va h.k.) turli korxonalar, muassasalar daromadlarini (soğliqni saqlaş muassasalari va tibbiyot xodimlari, quriliş taşkilotlari, harbiy qurol-yaroğ işlab çiqaruvçi korxonalar) hamda, umuman, fukarolar (pensionerlar, davlat muassasalari xodimlari va b.) daromadlarini yaratadi. Öz navbatida bu korxonalar, taşkilotlar va fukarolarning xarajatlari ular b-n texnologik zanjir böyiça boğliq bölgan korxonalar daromadini hosil qiladi; byudjet hajmining bir birlikka ortişi YAIM hajmini 2, 3 va undan ortiq birlikka köpayişiga olib kelişi mumkin. Xuddi şunga öxşaş davlat xarajatlari kölamining kamayişi M.ga, YAIM xdjmini tegişliça pasayişiga olib keladi. Bu davlat xarajatlari M.idebataladi. Soliq M.i — soliq tölovlari hajmi oşganda (kamayganda) YAIM hajmining pasayişi (köpayişi) kölamini körsatadi. M u vozanatl i byudjet M.i — davlat xarajatlarining köpayişi (qisqarişi) soliqlarni oşiriş (pasaytiriş) b-n qoplanadigan şaroitlarda YAIM ösişi (pasayişi) ni tavsiflaydi. Pul M.i — pul bazasining (bevosita Markaziy bank tomonidan muomalaga çiqariladigan pullar) ösişi natijasida pul massasining köpay-işini tavsiflaydi. Pul M.i umuman iqtisodiyotning, xususan bank tizimining muomaladagi pul massasini köpaytiriş imkoniyatlarini aks ettiradi. Pul M. ba'zan kredit M.i. depozitlar M.i yoki bank M.i deb ham ataladi.
Ahmadjon Ölmasov.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 806–807-b. — ziyouz.com