VAKSINALAR (lot. vaccina — sigirga oid), emlaşda işlatiladigan moddalar —infeksion kasalliklarning oldini oliş yoki davolaş maqsadida qöllaniladigan preparatlar. Mikroorganizmlar, şuningdek ularning zararsizlantirilgan toksinlaridan tayyorlanadi, organizmga yuborilganda tegişli yuqumli kasalliklarga nisbatan sun'iy orttirilgan faol immunitet vujudga keladi. Tirik, öldirilgan, kimyoviy V. va anatoksinlar farq qilinadi. Tirik V. (çeçak, poliomiyelit, qizamiq, gripr, toun, tulyaremiya, silga qarşi V.) kasallik qözğatiş xususiyatini yöqotgan, biroq immunogen xossalarga ega bölgan, qözğatuvçiga qarşi himoya antitelolar hosil qiladigan maxsus kuçsizlantirilgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Bunda mikroorganizmlar sun'iy ozuqa muhitida yoki hayvon organizmida uzoq undiriladi. Tirik V. qöllanilganda immunitet barqaror bölib, uzoq saqlanadi. Öldirilgan V. bakteriyalar va viruslarga yuqori t-ra, ultrabinafşa nurlar, ultratovuş, formalin, spirt yoki b. moddalar ta'sir ettirib tayyorlanadi (iç terlama, kökyötal va b. kasalliklarga qarşi V.). Kimyoviy V. (iç terlama, toşmali terlama, paratiflar, vabo, difteriya, qoqşol va b. kasalliklarga karşi V.), mikroorganizmlar yoki ularning mah-sulotlaridan maxsus ajratib olingan faol komponentlardir.
Anatoksinlar bakterial ekzotoksinlardan (q. Toksinlar) ularning zaharli xossalarini formalinda zararsizlantiriş yöli b-n olinadi. Tibbiyot amaliyotida bitga (monovaksina), ikkita (divaksina) yoki undan köp (polivaksina) mikroorganizm komponentlaridan iborat V.dan foydalaniladi. Mikroblarning bir neça tipidan tayyorlanib bitta yuqumli kasallikka qarşi qöllaniladigan vaksina polivalent vaksina deyiladi. V. turli yöllar b-n yuboriladi; muskul orasiga (qizamiq), teri ostita (iç terlama, toşmali terlama, paratiflar, dizenteriya, vabo, ölat va b.), teri yuzasiga (çeçak, sil, tulyaremiya, kuydirgi), burunga (gripp) yoki oğiz orqali (poliomiyelit). Ayrim yuqumli kasalliklar (çeçak, sil, difteriya va b.)ning oldini oliş uçun V. reja asosida, boşqa hollarda esa epidemik körsatkiçlar böyiça yuboriladi. V.ni keng qöllaş tufayli bakterial va virusli infeksiyalar-ning oldini olişga muvaffaq bölindi. Veterinariya amaliyotida virusli (qutiriş, Auyeski kasalligi, parranda çeçagi, ördaklar virusli gepatiti va b.) hamda bakteriyali (kuydirgi, brutsellyoz, leptospiroz, brauzet va b.) kasalliklarning oldini oliş va davolaşda tirik, öldirilgan V.dan keng foydalaniladi. Saidjalol ahromov, Hoşim Nurmamaşov.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 21-b. — ziyouz.com