SITOXROMLAR (yun. kitos - hujayra va chroma — rang, böyoq) — tarkibida temir atomlari bölgan murakkab oqsillar. S.ning oqsil bölmagan qismi (prostotik guruh) gemdan iborat. S. ösimlik va hayvon hujayralari, mikroorganizmlar (açitqilar, ayrim fakultativ anaeroblar)da mitoxondriylar, endoplazmatik tör, xloroplastlar va xromatoforalar membranalarida joylaşgan. S. tirik organizmlarda keçadigan jarayonlar: hujayraning nafas olişi, fotosintez va mikrosomal oksidlanişida muhim ahamiyatga ega. S.ning elektronlarni beriş va qabul qilib oliş xususiyati ular gemi tarkibidagi temir atomi valentligi özgarişi b-n boğliq. Odatda, S. özaro birikib, zanjir hosil qiladi; elektronlar ana şu zanjir böylab donordan akseptorga uzatiladi. Xloroplastlar, mitoxondriylar va prokariotlarda elektron köçiruvçi zanjirning energiya b-n ta'minlanişi yoruğlik energiyasi (fotosintez) yoki substratning oksidlanişi (nafas oliş)da hosil böladigan energiya hisobiga amalga oşadi. Endoplazmatik tör membranalarida elektron köçiruvçi zanjirlar, odatda, kalta bölib, mikrosomal oksidlaniş jarayonida aromatik birikmalarni zarar-sizlantiriş vazifasini bajaradi.
40 ga yaqin S. aniqlangan, Ularning bir qismi toza holda individual oqsillar sifatida olingan. S. 4 asosiy guruh (a. v, s, d)ra ajratiladi. Bu guruhlar, öz navbatida, yana bir neça kiçik guruxlarga bölinadi. (mas, sit. a, sit. ar sit. a2, sit. a3, S.r-450, S.I). Ayrim S. membranalar b-n mustahkam boğlanganligi sababli ularni toza holda ajratib oliş kiyin. Tirik organizmlardan ajratib olingan S. s1 ning oqsil qismidagi aminokislotalar ketmaketligini takdoslaş natijasida polipeptid zanjirning turli qismlarida 35 va 11 ta aminokislota joylaşganligi, polipeptidlar tarkibi doimiy bölişi aniqlangan. Polipeptid zanjirning boşqa qismlarida almaşinib qolgan aminokislotalar miqsori mazkur turlar örtasidagi filogenetik farq b-n bevosita boğliq. Mas, ot b-n açitqi zamburuği S. s, dagi 48 ta, ördak b-n tovuq faqat 2 ta aminokislota qoldiği b-n farq qilişi, sigir b-n qöy esa umuman farq qilmasligi aniqlangan. S. molekulalarini örganiş ayrim evolyutsion hodisalarni, mas, mutatsion ja-rayon tezligini, filogenetik yaqinliklarni, oqsil molekulalari ayrim qismlarining evolyutsion özgaruvçanlik darajasini miqsor jihatdan tavsiflaş imkonini beradi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 31–32-b. — ziyouz.com