DETERMINATSIYA (lot. determinatia — çeklaniş, aniklaniş), latent ixtisoslaniş — embriologiyada organ va töqimalarning şakllanişi oldidan rivojlanayotgan embrion qismlari örtasida sifat jihatdan farq paydo bölişi. D. terminini nemis embriologi K. Gayder (1900) taklif qilgan. Hujayra materiali unga xos bölmagan joyga köçirilganida undan normal holatda ixtisoslaşadigan organ paydo bölsa, determinlaşgan hisoblanadi. D. asosida informatsion ribonuklein kislotalar va oqsil mo-lekulalarining sintezlanişiga olib keladigan ayrim genlarning faollaşuvi yotadi. D.zigotaning bölinişi davrida bir qança omillar, xususan bölinayotgan hujayralarga har xil sifatli sitoplazmaning ötişi, ayrim hujayralar guruhining özaro ta'siri va b.da yuzaga çiqadi. Umurtqasiz hay-vonlarda soplazmatik segretsiya ustun bölgani uçun tana qismlari D.si zigotaning maydalanişi jarayonidayoq boşlanadi. Umurtqalilarda murtak qismlarining özaro ta'siri (induksiya) asosiy ahamiyatga ega bölgani sababli D. organogenez davrida namoyon böladi. Bu belgiga asosan hayvonlar şartli ravişda mozaik tuxumli determinlaşgan va regulyatsion tuxumli determinlaşmagan rivojlaniş guruhlariga ajratiladi. Odatda, rivojlanişda induktor ta'sirida dastlab turgun bölmagan D., keyinroq turğun (labil) D. yuzaga çiqadi, faqat şundan keyin morfologik jihatdan farq qiladigan ixtisoslaşuv böladi, ya'ni töqima yoki organ şakllana boşlaydi. Bundan keyingi davrlarda ixtisoslaşuv yangidan-yangi özaro ta'sir etuvçi sistemalar va jarayonlarni öz içiga oladi. Bu jarayonlarda hujayra materialidan 1iakllanişi lozim bölgan töqima va organlarning qismlari farklana borişi b-n birga uning morfologik imkoniyati ham tobora çeklanib boradi. Köpçilik ikkilamçi ogizlilarda D. dastlab özgaruvçan bölganidan murtak ayrim qismlarining rivojlaniş yölini sun'iy özgartirişga imkon beradi. Keyinçalik D. turğun holatga ötadi va har bir hujayra faqat muayyan organni yoki tananing bir qismini hosil qiliş xususiyatiga ega bölib qoladi. D. bölinayotgan murtak hujayralarining morfolik ixtisoslaşuvi orkali töqima va organlarning rivojlanişiga olib keladi.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 213–214-b. — ziyouz.com