VISMUT (nem. Wismut; lot. Bismuthum), Bi — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 83, at. m. 208,98, oç puşti-kumuş rang metall, suyuqlaniş t-rasi 271,3°, qaynaş t-rasi 1564°, ziçligi 9,8 g/sm3. Moss şkalasi böyiça qattiqligi 2,5. Yer pöstloğidagi miqdori oğirlik jihatidan 2105%. Barqaror izotopining massa soni 209. Bir neça radioaktiv izotopi ma'lum: 2HBi, 2l0Bi, 212Bi, 211Bi va 2l3Bi. Eng ahamiyatlisi 210Bi neytronlar b-n nurlantiriş orqali olinadi. V. alkimyo davrida ham ma'lum edi, uni surma, qalay va qörğoşinning boşqa körinişi deb öylaşgan. 18-a. örtalarida yarim metall xossasiga ega bölgan mustaqil element deb e'tirof etildi. V. tabiatda har xil birikmalar holida uçraydi. Asosiy minerallari — vismutli oxra Bi2O3, vismut yaltiroği Bi2S3, kozalit Pb2Bi2S5, tetradimit Bi2TeS, bismutin Bi,CO,(OH)4.
V. nodir elementlardan hisoblanadi. U vismut rudalaridan, mis, qörğoşin, qalay rudalarini qayta işlaş jarayonida hosil böladigan çiqindilardan pirometallurgik va gidrometallurgik usulda ajratib olinadi. Öz birikmalarida -3, +1, +2, +3, +4, +5 ga teng valentliklarini namoyon qiladi. Bi+3 birikmalari köproq uçraydi; Bi+5 birikmalari kuçli oksidlovçi. V. quruq havoda barqaror, namlik ta'sirida yupqa oksid parda b-n qoplanadi. 500°dan yuqori t-rada qizdirilsa, V. yonib, Bi2O3 hosil qiladi. V. vodorod xlorid va sulfat kislotada erimaydi, nitrat kislotada yaxşi eriydi. Kizdirilganda galogenlar, oltingugurt va b. b-n birikadi. V.ning angidridi Bi2O5 va vodorodning birikişidan hosil böluvçi gidridi VŞ3 (beqaror zaharli gaz) ma'lum. V. oson suyuqlanuvçan qotişmalar komponenti magnit maydoni kuçlanişini ölçovçi asbob va yadro reaktorlarida issiqlik taşuvçi sifatida qöllaniladi. V. preparatlari tibbiyotda qotiruvçi, yuqumsizlantiruvçi va qurituvçi modda sifatida (dermatol, kseroform va b.) işlatiladi, me'daning yara kasalligida va içakning yalliğlaniş kasalliklarida V. gidroksi nitrati içiriladi, zaxmni davolaş uçun bismoverol, biyoxinol va b. muskul orasiga yuboriladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 198–199-b. — ziyouz.com