DIVERGENSIYA (lot. divergere — farqlilik) — 1) biologiyada — evolyutsiya davomida organizm belgilarining farqlanib borişi. «D» tuşunçasini Ç. Darvin tabiatda biologik turlardan tortib madaniy ösimliklarning navlari va uy hayvonlari zotlarining paydo bölişini izohlaş uçun taklif etgan. D. mohiyati şundan iboratki, sun'iy tanlaş yoki tabiiy tanlaniş ta'sirida bir turdan paydo bölgan şakllar öz belgilari b-n bir-biridan hamda özining umumiy ajdodlaridan tobora farklanib boradi. Agar tur keng arealni egallab, turli eko-logik şaroitlarga moslaşadigan bölsa, dastlab öxşaş bölgan populyatsiyalar örtasida biron-bir farklar paydo bölişida körinadigan va tur arealining turli qismlarida tabiiy tanlanişning har xil yönalişlari b-n mukarrar şartlangan D. yuzaga keladi. Odam turli yönalişlarda sun'iy tanlaş yöli b-n öz ehtiyojini qondiriş uçun har xil madaniy ösimlik navlari va uy hayvonlari zotlarini yaratadi. Tabiiy tanlaniş ham sun'iy tanlaş kabi dastlabki bir tur doirasida xilma-xil şakllar paydo bölişiga va tuzilişi, funksiyasi hamda hayot keçirişi (oziq tanlaş va topiş yöllari)dagi tafovutlarning köpayişiga olib keladi. D. oraliq şakllar va dastlabki turning qirilib ketişi b-n birga boradi; 2) matematikada — vektor maydonning tarqalişi (q. Maydon nazariyasi). Agar vektor maydonga oqib turgan suyuklikning tezlik maydoni sifatida qaralsa, D. maydon manbalarining R nuqtadagi ziçligini ifodalaydi. D.ning geometrik ma'nosi kuyidagi-ça: D. — berilgan nuqtani örab turgan sirt orqali ötuvçi vektor maydon oqimining şu sirtni tortib turuvçi xajmga nisbati: 3) tilşunoslik-d a — nutq tovuşining tarixiy taraq-qiyotiga köra, birdan ortiq tovuşga differensiatsiya qilişidir. Mac, orqa qator a tovuşi taraqqiy etib, çuqur til orqa q, ğ, x undoşlari va lablab sirğaluvçi v undoşidan avval yondoş qöllanilgan örinlarda o tovuşiga aylangan. Qişlaq> qişloq; ötaq > ötoq; şox, toğ, yov kabi. Mazkur undoşlardan keyingi örinda esa orqa qator a tovuşi holatini sakdagan: qazi, xari, ğani va h.k. Aksi konvergensiya.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 250–251-b. — ziyouz.com