ATTRAKTANTLAR (lot. attraho — özimga jalb qilaman) — haşarotlarni öziga jalb etuvçi tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar. Bir hujayrali organizmlarning A. odatda, ijobiy xemotoksisni (q. Xemotoksis) vujudga keltiruvçi moddalar hisoblanadi. Mac, saxaroza va aminokislotalar turli xil harakatçan bakteriyalarni öziga jalb qiladi. Siklik ATF esa zam-buruğlar (miksomitsetlar)ning tabiiy A. hisoblanadi. A. ta'sir qiliş doirasi bir neça mm dan bir neça km gaça boradi. Hoz. kunda haşarotlarning A. juda yaxşi örganilgan. Bular 3 asosiy guruhga bölinadi: haşarotlarning muayyan jinsiga; ozuqa moddaga va tuxum qöyiş muhitiga jalb qiluvçilar. Birinçi guruh moddalari — jinsiy A. yoki feromonlardir. Turli xil haşarotlarning 300 dan ortiq feromonlari yaxşi örganilgan. Bular asosida juda köp sintetik feromonlar ham yaratilgan. Jinsiy feromonlar haddan taşqari kam miqdorda ham ta'sir körsatiş xususiyatiga ega. Erkak ipak qurti jinsiy A. 1 sm3 havoda konsentratsiyasi ZLO»19 g miqdorida ham öziga jalb qiliş xususiyatini saqlaydi. Haşarotlarning ozuqa manbaiga jalb kiluvçi A. (ozuqa A.) organizmlar oziqlanadigan ovqat hidiga ega böladi. Ipak qurtining tut barglari b-n oziqlanişga jalb qiluvçi A. asosini bir qator kimyoviy moddalar b-n bir qatorda boşqa ösimliklarda deyarli uçramaydigan morin moddasi taşkil qiladi. Köpçilik hollarda ozuqa A. sifatida bitta emas, balki bir neçta moddalar birgalikda iştirok etadi. Haşarotlarni tuxum qöyiş joyiga jalb qiluvçi A. guruhi, mas, daraxtlarning pöstloğidan ajraladigan uçuvçan moddalar pöstlokxör qönğizlarni, issiqqonli hayvonlar ajratadigan karbonat angidrid gazi qon söruvçi haşarotlarni öziga jalb qilişi aniqlangan.
Ösimliklarni himoya qilişda feromonlardan foydalaniladi. A.ni insektitsidlar b-n birgalikda işlatiş juda samarali. Zararkunandalar har bir avlodining rivojlanişini, entomofaglarnm dalaga qöyiş muddatlarini belgilaş va kimyoviy kuraş çoralarini qöllaşga zaruratni aniqlaşda A. katta ahamiyatga ega.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 775–776-b. — ziyouz.com