MUTAZILIYLAR (arab. — ajralib çiqqanlar, uzoklaşganlar) — islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. örtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asosçilari Vosil ibn Ato (699—748) va Amir ibn Ubayd (761 y. v.e.). Ular öz guruhi b-n ustozlari Xasan al-Basriy (728 y. v.e.) maktabidan ajralib çiqqan.
M. Qur'onni diniy haqiqatning manbai deb e'tirof etadi, uni sözma-söz emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga kör-körona işonişga qarşi çiqadilar. M. qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi ta'limotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a.da özlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungaça islomda davlat dini va barça uçun maj-buriy deb e'tirof etilgan yagona aqidalar tizimi bölmagan. Çunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yiğindisidan iborat bölgan. Şuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolafatdagi harakat (xorijiylar, şialar va b.)ga qarşi kuraşuvçi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Şuning uçun xalifa Ma'mun (813— 833) M. ta'limotini davlat dini deb e'lon qildi. Xalifa farmoni b-n barça qozilar, ilo-hiyotçilar, amaldorlar şu e'tiqoddami, yöqmi, sinab körildi. M. aqidasi (xususan, Qur'onning yaratilganligi)ni tan olmaganlarni işdan böşatdi, hatto ölim jazo çorasini qölladi. Maxsus jazo muassasasi — «mihna» taşkil etdi. Ammo, majburiy çoralarga qaramasdan M. ta'limoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil davri (847—861)da esa M. ta'limoti «şakkoklik» deb e'lon qilindi. M. aql-idrokni ilo-hiyot asosi deb e'tirof etgan, tasav-vufni inkor etişga uringan, özlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdorlari, deb atagan. M.ning asosiy ğoyalari vaqti kelib şia ilohiyotçilari tomonidan özlaştirib olindi. M. keyinçalik Iroq va Eronda 11 — 12-a.larga, Örta Osiyoda 13—14-a.larga kelib yöqolib ketgan. Uning oxirgi vakillaridan biri Zamaxşariydpr.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 892–893-b. — ziyouz.com