VALENTLIK (lot. valentia — kuç) — ma'lum element atomining boşqa element atomi b-n kimyoviy boğ hosil qilib birlaşiş yoki almaşiş xususiyati. V. tuşunçasini fanga 1853 y.da E. Franklend kiritdi. Rus kimyogari A. M. Butlerov kimyoviy tuziliş nazariyasini kaşf qilişida V. muhim rol öynadi.D. I. Mendeleyev elementlarning davriy sistemadagi örni b-n V. Örtasida boğlaniş borligini isbotladi hamda özgaruvçan V. tuşunçasini kiritdi. 1897 i. elektronlar oçilişi b-n V.ning elektron nazariyasiga asos solişga harakat qilindi (ingliz fizi-gi J. Tomson). Nemis fizigi V. Kossel nazariyasiga (1916) muvofiq, elementlar yoki elementlar guruhi özaro birikkanda bittasi elektron beradi, ikkinçisi esa bu elektronni qabul qilib oladi. Berilgan elektron soniga qarab musbat V., qabul qilib olingan elektron soniga qarab manfiy V. deb aytiladi. Şunga köra, natriy musbat bir, xlor esa manfiy bir valentlikka ega. Lekin elementlar kovalent boğ hosil qilib birikkanda elektron bermaydi va biriktirmaydi. Amerikalik fizik-kimyogar G. N. Lyuis nazariyasi böyiça V. element atomlari elektron jufti — kovalent boğ hosil qiliş uçun bergan elektronlar soniga teng. V. Kossel va G. N. Lyuis nazariyalari V. mohiyatini töla oçib bermadi. Atomning kvant mexanikasi nazariyasi yuzaga kelgaç (1926), V.ning mohiyati oydinlaşdi. Bu nazariyaga muvofiq, V. juftlanmagan (yakka) elektronlar soniga teng. Mas., işqoriy metallar atomining taşqi elektron qavatida bitta elektron bor. Şunga köra ular bir V.dir. Ba'zi atomlarda juftlanmagan elektronlar reaksiya jarayonida hosil böladi. Mas., uglerod atomining taşqi qavatida juftlanmagan ikkita elektron bor. Reaksiya paytida juftlangan ikki elektron yakkalaşib, juftlanmagan ikkita elektron beradi. Şunday qilib, juftlanmagan elektronlar soni törttaga yetadi. Ba'zan atomlar ta'sirlanib boşqa valent holatiga ötişi, bitta elektronni boşqa atomga berişi yoki boşqa bir atomning elektronini biriktirib olişi mumkin.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 24-b. — ziyouz.com