QAVVALI (arab. qavval — notiq, baxşi sözidan) — Pokiston, Şim. Hindiston, Bangladeş, şuningdek, Eron va ba'zi arab mamlakatlarining ayrim vohalarida keng tarqalgan mumtoz musiqa janri. «Qavl» atamasi dastlab keng tarqalgan aşula şakllaridan birini anglatgan. Keyinçalik (taxm. 14-asrdan boşlab) Şim. Hindiston hududi (Ğuriylar davlati, Dehli sultonligi)s.a musulmon dini tarqalişi hamda Örta Osiyo badiiy an'analarining ta'siri natijasida Q. diniy marosimlar bilan boğliq holda rivojlanib kelgan, darvişlarning samolarida ham qöllanilgan. Örta asr risolalarida Q. janri tahlil etilgan («Dar juvoze sama'», Abu Jalil Bin Abdurahmon, 1650 va boşqalar), Q.ning ilk mohir ijroçisi va ijodkori sifatida Xusrav Dehlaviy körsatilgan («Nağmai Uşşoq», Muhammad Nurasad Çiştiy, 1834 va boşqalar).
Q. metr va ritm hamda raga bilan boğliq lad asoslarining rivojlanganligi, ijro uslubi murakkabligi, şakli mukammalligi bilan ajralib turadi. Q, asosan, ikkita yetakçi (kuçli, keng diapazonli, çuqur nafasli ovozga ega) xonanda, bir neça (odatda, 5—6) jörnavoz xonanda, setor, sarangi, tanpura, fisgarmoniya va tabla kabi çolğulardan tuzilgan sozandalar guruhi tomonidan turkum şaklida ijro etiladi. Q. kiçikroq, asosiy parda tuzilmasi va asar kayfiyatini ifodalovçi çolğuvokal muqaddima bilan boşlanib, murakkab uslubidagi asosiy qism bilan davom ettiriladi. Unda yakkaxon xonandaning badihalaridan keyin butun jamoa ijro etayotgan naqarot qismlari keladi. Jörnavoz xonandalarning naqarot qismlarida qarsak çalib turişi, sur'atning tobora tezlaşişi Q.ga xos bölgan xususiyatlardan. 2asosiy qism töla guruh tomonidan ijro etilib, aniq usul va muayyan şe'riy matn (Xusrav Dehlaviy, Kabir, Tulsi Das, Mirza Ğolib va boşqalarning muhabbat, vatanparvarlik va diniy mavzudagi qasida, ruboiy va ğazal)larga asoslanadi. Q. hozirda diniy marosimlar bilan birga konsert dasturlari, kino musiqasidan ham keng örin olgan.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 4–5-b. — ziyouz.com