SIRENA (frans. sirene) — katta intensivliqdagi tovuş tölqinlari tarqatadigan akustik asbob. Unda kuç b-n otilib çiqayotgan gaz (havo) yoki buğ oqimi teşikteşik disk b-n yoki votkana usulda tösiladi. Şunda çiyillagan yoki çinqirgan tovuş hosil böladi. Iş tarziga kura. S. dinamik (aylanuvçi) va pulslanuvçi xillarga bölinadi. Dinamik S. kengroq tarqalgan. Bunday S.ning radial va öqaviy xillari bor. Radial S.da gaz (havo) oqimi öqqa perpendikulyar ravişda radius böyiça yönaladi, öqaviy S.da oqim aylaniş öqiga mos keladi. S.ning quvvati önlarça kVt ga yetişi mumkin. S. mayoklar, kemalar, parovozlar va b.da, aholini xavfxatardan ogoxlantiriş uçun işlatiladi. SIRENLAR, dengiz sigirlari (Sirenia) — suvda yaşaydigan sut emizuvçi hayvonlar turkumi. Gavdasi urçuqsimon, dum suzgiçi gorizontal joylaşgan. Uz. 6 m gaça, oğirligi 400 kg gaça. Oldingi oyoqlari kurak şaklida, orqa oyoqlari bölmaydi; boşi kiçik, tumşuği tömtoq; eşitiş va hid biliş organlari yaxşi rivojlangan. Burun teşiklarida klapan bor, quloq suprasi va jun qoplami bölmaydi. Tişlari reduksiyaga uçragan; faqat yassi oziq tişlari (2 ta dan 8 ta gaça) rivojlangan. Ayrim turlarining tişlari butunlay yöq. Oşkrzoni 2 qismdan iborat. Sut bezlari sörgiçi bir juft. Teri osti yoğ qatlami ança qalin. S. tropik dengizlarining qirğoklariga yaqin seröt joylarida hamda Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikadagi yirik daryolarda yaşaydi. 2 ta oila (lamantinlar, dyugonlar) ga mansub 4 turi uçraydi. Suv tubidagi ösimliklar b-n oziklanadi. Göşti, yogi va terisi uçun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Barça turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. 1741 y.da akad. Steller Komandor orollarida S.ning boşka yirik turini topgan. Bu hayvon uning nomi b-n steller sigiri deb atalgan. Göşti va yogi uçun köplab ovlanişi tufayli yöqbölib ketgan. Oxirgi steller sigiri 1768 y.da, ya'ni Steller uni topgandan söng atigi 27 yil ötgaç, otib öldirilgan.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 415-b. — ziyouz.com