GERONTOLOGIYA (yun. geron, gerontos —keksa, kari va ... logiya) — tirik organizmlar, jumladan, odamning qariş jarayonini örganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir bölimi. Yoşi kaştan organizm kasalliklarining xususiyatlari haqidagi ta'limot —geriatriya, keksaygan va katta yoşdagi kişilar gigiyenasi haqidagi ta'limot —gerogigiyena, keksalar psixikasi va fe'l-atvorini örganadigan ta'limot — gerontopsixologiya G.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infeksion kasalliklardan nobud bölişning hamda bolalar ölimining kamayişi va b. omillar umr uzayişiga yordam beradi. Qariş sabablari haqida bir neça nazariya ilgari surildi. I. I. Meçnikov fikriça, içakda yaşaydigan bakteriyalarda moddalar almaşinuvi mahsulotlari va organizmning özida azotli moddalar almaşinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kişi organizmini zaharlab, qarişga sabab böladi. Hoz. G. qariş sabablari va mexanizmlarini molekula va hujayradan tortib to butun organizm darajasida örganmoqda. G., asosan, eksperimental, klinik va ijtimoiy yönalişlarda rivojlanmoqda. G.ning ijtimoiy gigiyena sohasidagi i.t.lari barvaqt qariş sabablarini ijtimoiy şaroitga, kişilarning yaşaş tarziga boğlab örganiş, keksaygan kişilarning moddiy ta'minoti, mehnat qilişi, ovqatlanişi, yuriş-turişini maqsadga muvofiq taşkil etiş, ijtimoiy va tibbiy yordam berişning eng maqbul usullarini qidirib topişga qaratilgan. Özbekistonda G. va geriatriya muammolari I va II ToşTI, vraçlar malakasini oşiriş in-ti içki va asab kasalliklari hamda jarrohlik kafedralarida prof.lar R. M. Nurmuhamedov, A. R. Rahimjonov, E. Y. Qosimov, N. N. Nasriddinova, M. G. Rustamovalar, dotsentlar L. E. Otaxonova, M. H. Hojiboyev va b. tomonidan örganilmoqda. Ibn Sino Xalqaro jamğarmasi qoşida taşkil qilingan Ibn Sino gerontologiya markazi (2000 y.) da ham G. sohasida ilmiy izlanişlar olib borilmoqda (Ş. B. Ergaşev, L. E. Yöldoşeva va b.).
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 247-b. — ziyouz.com