INDIVIDUALLIK (lot. individuum — bölinmas) — muayyan narsa va hodi-sa, şaxs va jonivorning özigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining öziga xosligi b-n I. umumiylikka (individ esa umumga) qaramaqarşi qöyiladi. Dastlab, I. antik davrda atokli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan şakl va mazmunga, ya'ni öziga xos belgilarga ega bölgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (ya'ni, bölinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlaş jarayonida ma'lum bölgan. Qad. Rim faylasufi Seneka I. tuşunçasini yanada takomillaştiradi. I. öziga xos xususiyatlarni va mazmunini yöqotmay turib, boşqa bölaklarga bölinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini e'tirof etgan. Örta asrlar falsafasida I. inson şaxsi tuşunçasini ifodalagan. 17- a. da I. b-n boğliq fikrmulohazalar nemis faylasufi Leybnits ta'limotida atrofliça rivojlantiriladi. I. nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham öz ifodasini topdi. I. romantizm dunyoqaraşi uçun ham xos xususiyatdir.
Hoz. I. tuşunçasi ilmfanda turli ma'nolarda işlatiladi. Mas, biologiyada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinçalik paydo bölgan xususiyatlarning öziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir şaxsning fikrlaşi, sezgisi, irodasi, istak va intilişi, ehtiyoji, qiziqişi, kay-fiyati, hissiyoti, ahvoli, xattiharakati, odati, mayli, qobiliyati va b. sifatlarini, şuningdek, mijozi va tabiatining öziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda I. olomonga, guruxga zid tuşunça sifatida örganiladi. Adabiyotşunoslikda I. badiiy obrazning öziga xos xususiyatlari asarda qay darajada hayotiy, haqqoniy aks ettirilganini körsa-tadigan mezon bölib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramonining öziga xosligi uning milliyligi va qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligini ham belgilaydi. Yozuvçining öziga xos tili va uslubiga xos belgilar xam I.ni taşkil etadi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 173–174-b. — ziyouz.com