NOTARIAT (lot. notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega bölgan huquklar va faktlarni tasdiklaş vazifasi topşirilgan va qonunda nazarda tutilgan boşqa notarial harakatlarnp bajaruvçi organlar tizimi. Özbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot b-n şuğullanuvçi notarial idoralar N. tizimini taş-kil etadi, ular bölmagan aholi yaşay-digan joylarda ba'zi notarial hara-katlar fuqarolar yiğinlarining ra-islari (oqsoqollar) tomonidan amalga oşiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquklari töğrisidagi nizolarni hal qiluvçi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fukarolar b-n bevosita uçraşiş yöli b-n yoki qonunda körsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquklarni va yuridik faktlarni tasdiklaydi.
Özbekiston Respublikasida N.ning taşkil etiliş prinsiplari va faoliyati ÖzRning «Notariat töğrisida»gi qonuni (1996 y. 26 dek.), ÖzR Va-zirlar Mahkamasining N. töğrisida çiqargan qarorlari va ÖzR Adliya va-zirligi tomonidan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajariş tartibi töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot b-n şugullanuvçi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi 1997 y. 28 apr. dagi qöllanmasi, ÖzR Adliya vazirligi hay'atining 1997 y. 28 apr.dagi qarori b-n tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiy amaliyot b-n şuğullanuvçi notariuslarning iş yuritiş tartibi haqida»gi, «Özbekiston Respublikasi şaharçalar, qişloqlar va ovullar fukarolari yiginlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial hara-katlarni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi qöllanmalari hamda boşqa huquqiy hujjatlarga asoslanadi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 314–315-b. — ziyouz.com