GRAFEKON (yun. grapho — yozaman va eikon — tasvir) — 2 elektron projektor (dasta)li elektrovakuum xotira trubkasi. Projektorlarning biri axborotni yozib olişga, ikkinçisi axborotni öqişga (hisoblaşga) imkon beradi. Elektron projektorlar dielektrikli nişonning ikki qarama-qarşi tomoniga joylaştirilgan, yozib oluvçi projektor esa signal plastinasi tomoniga qrnatilgan bölib, uning oldida tör joylaştirilgan. Signal kuçlanişni yozib oluvçi projektorning boşqaruvçi elektrodlariga beriladi. Elektron nur dastasi ziçligi buyiça modullaştiriladi. Yozib olinadigan nurlarning elektronlari yuqori musbat potensiallar (~10 kV) yordamida tezlaştiriladi, natijada ular dielektrik qatlamga kiradi va uning potensialini özgartiradi. Hyp dastasi ötiş joyida nişon sirtining potensiali kamayadi va yuqori toklarda signal qatlami (plastina) potensialiga tenglaşa boradi. Signal katlamiga esa kollektorga nisbatan bir neça ön volt manfiy kuçlaniş beriladi. Elektron nurning ziçligi signal qonuni asosida modullaştirilganligi uçun nişon sirtida potensial relyef hosil böladi. Uning eng katta «çönqirligi» esa signal plastinkasi va kollektor plastinasi orasidagi potensiallar farqi b-n ölçanadi. Şunday yuqori potensiallar farqi köp (100) karrali öqiş imkonini beradi. G.larning turli xillari mavjud. Ular tasvir-axborotlarni lyuminessent ekranlarda köriş imkoniyatini yaratadi. Bular elektron xotira trubkalari bölib, ular öz funksiyalariga köra radiolokatsion ossillograf trubkalari va kineskoplarga öxşaş bölsa ham, ulardan ança farq qiladi. G.lar axborotni uzoq muddat saqlaş imkoniyatiga ega. G.lar radiolokatsiya va televideniyeda maxsus murakkab tasvirlarni uzatiş va qabul qilib oliş uçun keng işlatiladi. Ad.: Elektronniye pribori, pod. red. G. G. Şişkina, M., 1989.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 428-b. — ziyouz.com