SEPARATOR (lot. separator — ajratkiç) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratiş, qattiq yoki suyuq aralaşmalarni tarkibiy qismlarga ajratiş uçun möljallangan qurilma. Işi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususiyatlari (zarraçalarning şakli, massasi, soliştirma oğirligi, magnit xossasi va b.) orasidagi farqqa asoslangan. S.ning markazdan qoçma, magnit, tindirma, pnevmatik, işqalanma, elektr va b. xillari bor. Markazdan qoçma S.lar (sentrifugalar) da suyuklik içidagi oğirroq zarraçalar va suyuqliklar markazdan qoçma kuç ta'sirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralaşmalardan tozalaş, sutni qaymoq va yoğsiz sutga ajratişda qöllaniladi. Magnit S. foydali minerallarni ğovak jinslar va keraksiz aralaşmalardan ajratiş uçun işlatiladi. Işi magnit maydonining turli mineral zarralariga turliça ta'sir etişiga asoslangan. Tindirma S. birbiri b-n aralaşmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindiriş yöli b-n ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylaşgan 2 ta truba bölib, yuqorisidan yengil, pastkisidan oğirroq suyuklik çiqadi. Pnevmatik S. tegirmonda maydalangan materialning mayda-yirikligini havo oqimi ta'sirida rostlaş, uni boyitiş va b.da işlatiladi. Işqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitişda qöllanadi. Gaz S.ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsion (gaz tezligini keskin pasaytirişga asoslangan), siklonli (markazdan qoçma kuçga asoslangan) xillari bor. S. xalq xöjaligining köpgina tarmoqlarida, mas, un tortiş korxonalarida, gaz sanoatida, paxta teriş maşinalari va b.da işlatiladi; 2) podşipniklarda şar yoki roliklarni birbiridan ajratib turadigan detal (q. Podşipnik).
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 308–309-b. — ziyouz.com