Q.d.ning şim. qismi mö'tadil zonada joylaşganligi uçun qişi iliq, yozi esa issiq, jan. qismi subtropik va örta dengizböyi subtropik iqlim zonasida bölib, eng issiq va sovuq oylarning trasida farq kam. Qişda dengizning şim.- ğarbiy qismi quruqlikdan esadigan şamollar ta'sirida sovuqroq. Bu yerda yanv. ning örtaça t-rasi —2.6°, —3». Yoz faslida dengiz Azor antitsikloni ta'siri ostida bölgani sababli yilning boşqa fasllariga nisbatan quyoşli kunlar köp böladi. Iyulning örtaça t-rasi dengizning deyarli barça qismida bir xil, 25° gaça. Yillik yoğin notekis taqsimlangan, dengizning jan.-ğarbida eng köp — 2450 mm. Dengiz suv balansida buğlanişga nisbatan yoqqan yomğir va daryo suvlarining kirimi köproq, şu sababli suv sathi Örta va Marmar dengizlari suvi sathiga nisbatan 9—12 sm balandroq. Bu esa Q.d.dan Marmar dengizi tomon suvning doimiy oqib turişini ta'minlaydi. Dengizda suv kötarilişi kam kuzatiladi. Şörligi yuza qismida 18°/^^, qirğoqlari yaqinida 16°/ , 150—200 m
0(| çuqurlikda 22°/ gaça. Örta dengizning
00 şör suv osti oqimlari Bosfor böğozi orqali Q.d.ga ötib turadi.
Yozda dengizning yuza qatlamidagi suvining t-rasi 25», qirğoq yaqinidagi sayozliklarda 28° gaça. 150—200 m çuqurliklarda suvning t-rasi kam özgaruvçan, 8—9°. Qişda suvning t-rasi 8-—9°, dengizning şim.-şarqiy va şim.-ğarbiy qirğoqqa yaqin sayoz qismlari hatto muzlaydi.
Q.d.ning 150—200 m çuqurlikkaça bölgan qismi hayot mavjud bölişi uçun yetarli kislorodga ega. Undan çuqurdagi suvda oltingugurt bölib, uning miqdori dengiz tubida 11 — 14 ml/l ga yetadi. Bu zonada faqat bakteriyalar yaşaydi. Dengiz suvi ança tiniq, içkari qismida tiniqlik 18— 21 m dan 30 m gaça, qirğoqlar yaqinida esa tiniqlik kamayadi.
Ösimlik va hayvonot dunyosi öziga xos. Ular dengizning yuza qismida (50 m çuqurlikkaça), qirğoq böyida va qöltiqlarda oçiq dengiz hamda dengizning çuqur qismiga qaraganda qöproq uçraydi. Q.d. fitobentosi, asosan, yaşil, qönğir va qizil suvötlardan, zoobentos esa turli qisqiçbaqasimoi, mollyuskalardan iborat. Dengizda baliqning 180 turi, delfinning 3 turi yaşaydi. Stavrida, skumbriya, skat, seld, sazan, sudak, kefal, taran, leşç, beluga, laqqa baliq, çörtan baliqva b. ovlanadi. Q.d. transport nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega: jahonning muhim transport yöllaridan biri. Dengiz orqali sanoat, q.x. mahsulotlari, yölovçilar taşiladi. Iirik portlari: Odessa, Yalta, Kerç, Novorossiysk, Tuapse, Soçi, Suxumi, batumi, Konstansa, Varna, Bugras, Samsun, Trabzon va b. Q.d. böyi yirik rekreatsion resurslarga ham ega. Kurort köp.