OQQÖRĞON — kuşonlar davriga oid qişloq xarobasi (mil. av.1-a. — mil. 4-a.lar). Şerobod ş.dan 8 km jan.-ğarbda, Xöjaqiya qişloği yaqinida joylaşgan. O.ning saklanpo qolgan kis-mi töğri törtburçak şaklida, bal. 3— 4 m, mayd. 0,6 ga. 1973—74 y.larda Özbe-kiston FA Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi (Ş. Pidayev) tomonidan arxeologik tadqiqot işlari olib borilgan. Stratigrafik izlanişlar davomida yodgorlikning madaniy qatlamlari 6,5 m ni taşkil etişi va unda 5 ta me'moriy bosqiç mavjud bölganligi aniqlangan. O.ning eng sönggi me'moriy bosqiçi töliq oçib örganilgan. Bu yerda 5 ta aloqida joylaşgan uylar majmuasi borligi qayd etilgan. Uylar bir-birlari b-n katta köça va hovlilar b-n ajralib turgan. Har bir uy majmuasi 10 ga yaqin xonadondan iborat bölib, ularda kiçik oilalar istiqomat qilgan. Kiçik oilaga 2—3 ta xona tegişli bölgan. O.da jami 70 tadan ortiq xonalar oçib örganilgan. Uylarning devorlari 60— 80 sm balandliqsa saqlangan. Devorlar kvadrat şaklidagi xom ğiştlardan va paxsadan barpo etilgan. Köpgina xonalarning devorlari loy suvoq ustidan oklangan. Ayrim xonalar loy suvoq ustidan ganç b-n suvalgan. Jan. uy majmuasidagi bir xona özining katta ölçamlari, devorlari qora va qizil ranglar b-n bezatilganligi b-n ajralib turadi. Bu xona qişloq ja-moasi oqsoqolining qabul xonasi bölgan deb taxmin qilinadi. O.da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davomida yuqori sifatli turli şakldagi bejirim sopol idişlar, temirdan yasalgan piçoq, öroq, öq-yoy nişlari, qoşiqlar, turli qimmatbaxr toşlardan yasalgan marjonlar, jez közgular, şişa marjon va idişlar, toş yerğuçoq, tegirmontoşlar, urçuklar, fil suyagidan işlangan soç töğnoğiçlari, ayol ma'budalarning terrakotadan işlangan haykalçalari, ot, suvoriy, yölbars, şer, eçki, qöy, maymun, kabutar kabilarning haykalçalari topilgan. Topilmalar orasida turli tarixiy davrlarga oid tangalar alohida örin egallaydi. Bu yerda Geliokl tangalariga taklid qilib zarb kilingan tangalar, kuşon şohlari Vima Takto, Vima Kadfiz, Kanişka, Xu-vişka, Vasudeva, kuşon-sosoniylar va soson-kuşoniy tangalari (jami 152 ta tanga) topilgan. Qişloq xarobasida bunçalik köp tangalarning topilişi, kuşonlar davrida tovar-pul munosabatlari juda yuqori taraqqiy qilganligidan dalolat beradi. O.da Budda xaykalining topilişi buddaviilik dinining qişloq aholisi orasiga kirib borganligidan guvoxlik beradi. O. aholisi, asosan, dehqonçilik va boğdorçilik b-n şuğullangan. Dehqonçilik b-n boglik mehnat qurollari qişloqning özida tayyorlangan. Dehqonçilik Şerobod daryosidan kanal orqali keltirilgan suvga asoslangan. O. qişloq jamoasi yaşagan yodgorlik bölib, kuşon saltanatining inqirozidan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sabablar oqibatida taşlab ketilgan. 13-a. da qişloq xarobasiga bir neça qabrlar qöyilgan. Qabrlarning biridan oltindan işlangan sirğa va möğullarga xos bölgan paykon topilgan.
Ad.: Pidayev Ş. R., Poseleniya kuşanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 329-b. — ziyouz.com