Işlab çikiladigan M.ş. şartlari zarur va qöşimça şartlarga bölinadi. Zarur şartlar (mas, iş joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va b.) taraflarsiz tuzilişi mumkin bölmagan şartlardir. Majburiy bölmasa ham, taraflarning xohişiga köra, kiritilişi mumkin bölgan şartlar qöşimça şartlar hisoblanadi [mas, işga qabul qilişda sinov belgilaş, kasb(lavozim) larni qöşib olib boriş tögrisida, töliqsiz iş vaqtini belgilaş va b.]. M.ş.ni tuziş paytida xodimlarga qonun va b. normativ xujjatlar b-n belgilangan mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilişi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat vazifasining bajarilişi, ya'ni muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim böyiça işni bajariş; xodimning içki mehnat tartibi qoidalariga böysunişi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat jamoasiga qöşilişi M.ş.ning asosiy belgilari xisoblanadi. M.ş. yozma şak-lda, bir xil kuçga ega bölgan kamida 2 nusxada tuziladi. M.ş. nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq bölmagan muayyan muddatga va muayyan işni bajariş vaqtiga möljallab tuzilişi mumkin. Agar M.ş.da uning amal qiliş muddati körsatilmagan bölsa, bunday hodda M.ş. nomuayyan mudsatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan M.ş. xodimning roziligisiz muayyan muddatga möljallab qayta tuzilişi mumkin emas. Muddatli M.ş. bajarilajak işning xususiyatlari, uni bajariş şartlari xodimning manfaatlarini hisobga olib, nomuayyan muddatga möljallangan M.ş.ni tuziş mumkin bölmagan takdirda, şuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. M.ş. imzolangan vaqtdan boşlab kuçga kiradi. Xodim öziga yuklatilgan mehnat vazifalari b-n taniştirilişi lozim. M.ş. taraflar kelişuviga asosan dastlabki sinov belgilaş şarti b-n tuzilişi mumkin. Ayrim toifa xodimlar, jumladan, homilador ayollar, 3 yoşga tölmagan bolasi bor ayollar, korxona uçun belgilangan kvota hisobidan işga yuborilgan şaxslar işga kabul qilinganda, şuningdek, 6 oygaça muddatga M.ş. tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oşib ketişi mumkin emas. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf 2- tarafni 3 kun oldin yozma ravişda ogohlantirib, M.ş.ni bekor qilişga haqlidir.
Gulnora Sarimsoqova, Anvar Inoyatov.