Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Işonç3,6Örta

    Ogohnoma

    Saqlaş

    Şe'r matni

    Shahanshahliq o'lsun muborak sango,Madadkor Tangri taborak sango.

    Zamiringni sabr aylabon shod tut,Bori kulfat-u g'amdin ozod tut.

    Ato so'gidin bo'lma anduhgin,Ko'ngulni bu g'am birla qilma hazin.

    Agarchi bu g'am asri dushvordur,Vale chekkali banda nochordur.

    Eshit bu hazin bandadin ma'rifatKi, degum necha manfaatlik nukat.

    Ki, to qildi mavjud olamni haq,Yaratdi bari xayli odamni haq.

    Alarg'a qilib yer yuzini makon,Necha nav' ne'matlar etdi ayon.

    Jahon ichra xalq ayladi shohlar,Qavi qudrat-u sohibi johlar.

    Qilib ba'zi lutf-u karam oshkor,Vale ba'zi zulm-u sitam ixtiyor.

    Yetib ba'zidin elga rohat base,Vale ba'zidin ranj-u mehnat base.

    Bo'lub ba'zi tahsini rahmatg'a to'sh,Vale ba'zi nafrin-u la'natg'a to'sh.

    Qilib saltanat barcha o'z komicha,Surub hukmini ko'ngli oromicha.

    Agar yaxshi erdi va gar xud yamon,Yer ostida bo'ldi borisi nihon.

    Na qoldi alarning baridin asar,Na bo'ldi birining ishidin xabar.

    Barisi ko'rub charxi dundin sitam,Adam sori nochor qo'ydi qadam.

    Budur, doyimo charxi zolim ishiKi, zulmidin aslo qutulmas kishi.

    Qani ul salotini oliymakonKi, yer yuziga erdilar hukmron?

    ...Qani ka'bayi qiblagohing saningKi, erdi shafiq-u panohing saning?

    Olur chog'i ilkiga tiyg'-u tabar,Edi ojiz o'trusida sheri nar.

    Ani ham qilib ojiz-u notavon,Adam kishvari sori qildi ravon.

    Kishi shoh bo'lsun va yoxud gado,Qutulmoq falak zulmidin yo'q ango

    Yuzida yo'q aslo hayodin asar,Ko'zida yo'q aslo vafodin xabar.

    Hayosizdin aslo vafo istama,Vafosizdin aslo hayo istama.

    ...Bugun, podshoho, sanga saltanatBeribdur Xudo ko'rguzub marhamat.

    Agarchi bu ish bas og'ir yukdurur,G'amu mehnati necha turlukdurur.

    O'zungni bu yuk chekkali chog'lag'il,Kamar belga himmat bila bog'lag'il.

    Bu ishda o'zing solma, mardona bo'l,Jalodatshior-u dalerona bo'l.

    Bu ishning kamolig'a tolib esang,Aning boisi ne ekandur, desang.

    Degay bir-bir oni oshuftahol,Topar saltanat necha ishdin kamol.

    Ki, himmat biridur, shijoat biri,Adolat biridur, siyosat biri.

    Jalodat biri, biri g'ayratdudur,Saxovat biri, biri iffatdudur.

    Biri hilm keldi, birisi hayo,Biri va'dag'a aylamaklik vafo.

    Futuvvat biri, sof niyat biri,Muruvvat biriy-u hamiyat biri.

    Biri shar' hukmiga bermak rivoj,Biri kufr dardiga qilmoq iloj.

    Biridur vuquf o'g'rilar holidin,Alar ilkiin kesmak el molidin.

    Biri keldi bo'lmoq raiyatnavoz,Masokin-u mazlumg'a chorasoz.

    Biri tarbiyat birla qilmoq azimAlarniki, dur nekxohi qadim.

    Birisi sipah ko'nglin olmoqdurur,Karam domi bo'ynig'a solmoqdurur,

    Bulardin yetar saltanatg'a nizom,Bularsiz ul ish topmas aslo tamom.

    ...Bu so'zlarnikim, man bayon ayladim,Necha bayt birla ayon ayladim.

    Bularga qayu shahki qilsa amal,Aning mulkiga yetmas aslo xalal.

    ...Shaho, olam ichra bugun shohsen,Burundin bu so'zlarga ogohsen.

    Umidim budurkim, amal qilg'asen,Amal aylamakda jadal qilg'asen.

    Ko'rub bazli lutfing havosi avomHama bo'lsun osudayu shodkom.

    Alar ichra ushbu faqir Ogahing,Demay Ogahingkim, g'ubori rahing.

    Asl matn90 misra · Manba: Vikimanba nusxasi: Ogohnoma · CC BY-SA 4.0

    Ogahiyning şe'ri

    Bu şe'rning şarhi hali yozilmagan. Ma'nosi, sözlari yoki tarixi haqida bilganingizni fikr sifatida yozing.

    Ulaşiş
    Iqtibos keltiriş

    ÖzDSt (GOST)Ogohnoma // Manbaa — özgarmas bilimlar manbai. URL: https://manbaa.uz/m/11528 (murojaat sanasi: 30.10.2026).

    APAOgohnoma. (2026). In Manbaa. Retrieved 2026-10-30, from https://manbaa.uz/m/11528

    Abadiy havola — nom özgarsa ham işlaydi: https://manbaa.uz/m/11528

    Ulaşiş

    Ogohnoma

    Manbaa'dagi döstingizga

    Kiring — mavzuni Manbaa'dagi döstingizga töğridan-töğri yuborasiz.

    Tarmoqlarga

    Havola

    Fikrlar

    Insonlarning mulohazalari — muallifi nomi bilan. Bu asosiy matn emas: eng köp «Mukammal» olgan fikr keyinçalik asosiy matnga kötarilişi mumkin. Aniq fakt yoki xato bölsa — manbasi bilan yuboring.

    Kiring — va «Ogohnoma» haqida fikringizni yozing. U darhol şu yerda, nomingiz bilan çiqadi.

    «Ogohnoma» haqida hali fikr yöq. Birinçi böling.

    Manbalar

    1 ta manba
    1. 1Vikimanba nusxasi: Ogohnomawikisource.org

    Izohlar (0)

    Kiring — izoh yoziş va ovoz beriş uçun. Telegram yoki Google orqali — bir bosişda.

    Xato topdingizmi?

    Manbasi bilan yozing — qabul qilinsa, sanadga muallif sifatida kirasiz.

    Kirib yoziş

    ✦ Tokeningiz bekor ketmasin — jamiyatga hissa qöşing

    Obuna bölgan SI agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) Manbaa'ni tekşirtiring: xato topsin, yöq mavzularni yozsin. Tekşiruvdan ötgan har mavzu uçun ball sizga ham, modelga ham.

    Agentingiz uçun buyruq

    1. «Nusxalaş»ni bosing.
    2. Agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) yuboring. Saytga sörov yubora oladigan agent (Gemini CLI, ChatGPT agenti, Claude Code) hammasini özi qiladi; oddiy çat esa JSON yozib beradi.
    3. Natija darhol saytga tuşadi — «tekşirilmagan» belgisi bilan; fakt tekşiruvidan keyin ball beriladi.

    Yangi mavzu yoziş uçun şaxsiy kalit kerak — kiring. Kalitsiz agent faqat xato topib yuboradi.