OKOP (rus. okop — xandaq, çukur) — harbiy işda — jonli kuçlar va jangovar texnikani duşman ötidan pana qiladigan, jangovar marra (pozitsiya) vazifasini ugaydigan xarbiy muhandislik inşooti. Bobur va Şayboniyxon qöşinlarida O. «möljar» istilohi b-n ataladi. Töfang va miltiqning paydo bölişi (16-a. 1-yarmi) natijasida O.ga ehtiyoj sezildi. O.ning keyingi taraqqiyoti öyiq stvolli qurollarning paydo bölişi b-n boğliq(19-a. 2-yarmi). Odatda, O. bir kişi, bölim, pulemyot, minomyot, töp, tank va b. uçun möljallangan böladi. Bir kişilik O. yotgan odam körinmaydigan darajadagi ölçamda (110—150 sm çuqurlik, 150— 170 sm uzunlikda) kaziladi. Bir kişilik O. özaro birlaştirilib, bölinma uçun okop hosil qilinadi. Bölim O. lari atrofi tuproq b-n şibbalangan çukurlik (tranşeya), 1—2 kişiga möljallangan öq otiş joylari, qöl pulemyoti uçun maydonça, şaxsiy tarkib uçun oddiyroq pana joy, öq-dorilar qöyiladigan tokçalardan iborat böladi. Minomyot, töp, tank va b. uçun qurilgan O.da öt oçiş maydonçasi, ekipaj (rasçyot) uçun pana joy, jangovar texnikaning O.ga kirişi va çiqişi uçun yölak hamda brustver (tuprok, kötarma) böladi. O. barça turdagi jangovar xarakatlarda, ayniqsa, mudofaada keng kullaniladi. O. singuvçi radiatsiyani ança qaytaradi, zarb tölqinini va yoruğlik nurining şikastlaş doirasini ka-maytiradi. O.ni qöşinlar öz kuçi va maxsus O. kavlaş maşinalari b-n kaziydi. O.ning devorlari çim, taxta, şox-şabba va b. narsalar b-n mahkamlanadi. Tranşeya va aloqa yöllarining himoya kuvvatini oşiriş uçun ba'zan ularning usti yopiladi. Toğli joylarda O. toş va xarsanglardan terib hosil qilinadi. Yer portlatilib, çukurlik oçiladi. Mustahkam bölişi uçun toşlar orasiga tuprok,, ba'zan kum solingan qoplar joylaştiriladi. Barça xildagi O. joyning tabiiy körinişiga moslab niqoblanadi. Ommaviy qirğin kurollari, kimyoviy, biologik (bakteriologik) kurollar mavjud bölgan hoz. şaroitda O. öz ahamiyatini ança yöqotdi, lekin hozir ham şaroit taqozosi b-n O.dan foydalaniladi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 95-b. — ziyouz.com