Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Andorra-La-Velya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 515-b. — ziyouz.com

    Andorra-La-Velya — Andorra davlatining poytaxti. Şarqiy Pireney toğlari orasida, Valira daryosi (Ebro havzasi) böyida, 1000 m bal.da joylaşgan. Aholisi 21,7 ming kişi (1996). Ispaniyani Fransiya b-n boğlaydigan avtomobil yölidagi savdo-transport manzili. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, GES, radiostansiya bor. Xalqaro miqyosdagi turizm markazi. Esdalik buyumlari (suvenir) işlab çiqariladi. Şahar 9-a.da taşkil topgan. Me'moriy yodgorliklaridan 1580 y.da qurilgan bino (hoz. Hukumat qarorgohi) va çerkov (11-a.) bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНДОРРА-ЛА-ВЕЛЬЯ — Андорра давлатининг пойтахти. Шарқий Пиреней тоғлари орасида, Валира дарёси (Эбро ҳавзаси) бўйида, 1000 м бал.да жойлашган. Аҳолиси 21,7 минг киши (1996). Испанияни Франция б-н боғлайдиган автомобиль йўлидаги савдо-транспорт манзили. Озиқ-овқат саноати корхоналари, ГЭС, радиостанция бор. Халқаро миқёсдаги туризм маркази. Эсдалик буюмлари (сувенир) ишлаб чиқарилади. Шаҳар 9-а.да ташкил топган. Меъморий ёдгорликларидан 1580 й.да қурилган бино (ҳоз. Ҳукумат қароргоҳи) ва черков (11-а.) бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.