Anomal metabolitlar
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 532-b. — ziyouz.com
Anomal metabolitlar - noqulay omillar (ionlaştiruvçi nurlar, past yoki yuqori t-ra, suvsizlik) ta'sirida tirik organizm hujayralarida moddalar almaşinuvining buzilişi natijasida yiğilib qoladigan yarim oksidlangan moddalar (peroksid, epoksid, oksifenol, oksixinon, gistamin, xolin va b.). Bunday moddalar zaharli bölib, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning buzilişini yanada kuçaytiradi va köpinça organizmning irsiyatini özgartirib yuboradi yoki uning halokatiga sabab böladi (q. Toksinlar).
Q.: Toksinlar
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АНОМАЛ МЕТАБОЛИТЛАР - ноқулай омиллар (ионлаштирувчи нурлар, паст ёки юқори т-ра, сувсизлик) таъсирида тирик организм ҳужайраларида моддалар алмашинувининг бузилиши натижасида йиғилиб қоладиган ярим оксидланган моддалар (пероксид, эпоксид, оксифенол, оксихинон, гистамин, холин ва б.). Бундай моддалар заҳарли бўлиб, организмдаги биокимёвий жараёнларнинг бузилишини янада кучайтиради ва кўпинча организмнинг ирсиятини ўзгартириб юборади ёки унинг ҳалокатига сабаб бўлади (қ. Токсинлар).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.