Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arab-Amerika neft kompaniyasi

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 586–587-b. — ziyouz.com

    Arab-Amerika neft kompaniyasi ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO (ing. Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konlarini özlaştiriş uçun 1933 y.da AQŞ dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan taşkil etilgan. 1973 y.dan boşlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aksiyalarini sotib ola boşladi va 1980 y.ga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boşqariş va neft konlaridan foydalaniş böyiça mamlakat hukumati b-n maxsus bitimlar tuzgan AQŞning «Ekson», «Şevron», «Teksako», «Mobil» neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har yili 200 mln.t neft qazib oladi va 23 mln.t neftni qayta işlaydi (80-y.lar oxiri).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРАБ-АМЕРИКА НЕФТЬ КОМПАНИЯСИ, АРАМКО (инг. Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Саудия Арабистонидаги нефть конларини ўзлаштириш учун 1933 й.да АҚШ даги энг йирик нефть компаниялари томонидан ташкил этилган. 1973 й.дан бошлаб Саудия Арабистони ҳукумати унинг акцияларини сотиб ола бошлади ва 1980 й.га келиб АРАМКОнинг танҳо эгасига айланди. Унинг корхоналарини бошқариш ва нефть конларидан фойдаланиш бўйича мамлакат ҳукумати б-н махсус битимлар тузган АҚШнинг «Эксон», «Шеврон», «Тексако», «Мобиль» нефть компаниялари қазиб олинган нефтнинг бир қисмини олади. Ҳар йили 200 млн.т нефть қазиб олади ва 23 млн.т нефтни қайта ишлайди (80-й.лар охири).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.