Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arid tuproq

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 616-b. — ziyouz.com

    Arid tuproq (lot. aridus — quruq, qurğoqçil) — buğlanadigan namlik miqdori yoğinlar miqdoridan ortiq bölgan çöl va çala çöl zonasiga mansub kam unum tuproq. Arid iqlimli yerlarda vujudga kelgan. A.t. yuvilmaydigan suv rejimiga ega bölganligi sababli tuproq profilida yoki tuproq osti qatlamlarida karbonatlar, sulfatlar, xloridlar töplanadi. Özbekistondagi qumli çöl tuproqlari, taqirli tuproqlar va taqirlar A.t.ga kiradi (q. Tuproq).

    Q.: Tuproq

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРИД ТУПРОҚ (лот. aridus — қуруқ, қурғоқчил) — буғланадиган намлик миқдори ёғинлар миқдоридан ортиқ бўлган чўл ва чала чўл зонасига мансуб кам унум тупроқ. Арид иқлимли ерларда вужудга келган. А.т. ювилмайдиган сув режимига эга бўлганлиги сабабли тупроқ профилида ёки тупроқ ости қатламларида карбонатлар, сульфатлар, хлоридлар тўпланади. Ўзбекистондаги қумли чўл тупроқлари, тақирли тупроқлар ва тақирлар А.т.га киради (қ. Тупроқ).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.