Aristotel
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 620–622-b. — ziyouz.com
Aristotel (Aristoteles), Arastu (mil. av. 384/383, Stagira - 322/321, Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning buyuk faylasufi. Mil. av. 367 y.da Afinaga borib, Platon akademiyasida tahsil kördi, 20 y. uning işlarida iştirok etdi. Mil. av. 343 y.dan e'tiboran Makedoniya podşohi Filipp taklifi b-n şahzoda Aleksandrta murabbiylik qildi. Mil. av. 335 y.da Afinaga qaytib, özining Likey maktabini taşkil qildi. Aleksandr vafotidan söng 323 y.da xudosizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qoçişga majbur böldi va umrining oxirigaça şu yerda yaşadi.
A. qomusiy bilimlar sohibi, peripatetika maktabi asosçisi, uning ta'limoti ayrim, alohida fanlarni falsafiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflaşda falsafiy tizim yaratiş b-n A. insoniyat tafakkurini rivojlantirişga juda kuçli ta'sir körsatdi.
A. ijodi öz zamonidagi deyarli barça bilim sohalarini qamrab oldi. Özining «ilk falsafa» ga oid («Metafizika») asarida Platonning ğoyalar nazariyasini tanqid qildi. «Platon ğoyalari» mod-diy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan özi ekanini körsatdi. A. ayrimlik va umumiylikning özaro munosabati masalasini hal etdi. Ayrimlik «biron-bir joy»dagina va «hozir»dagina mavjuddir, uni his b-n idrok etiş mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda («hamma yerda» va «hamma vaqt») mavjud, u muayyan şaroitda ayrim holda yuzaga kelib, şu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Şuningdek umumiylik — fan predmeti, uni aql vositasida bilib oliş mumkin. A. olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini tört guruhga böladi: 1) moddiy sabab yoki materiya; 2) şakliy sabab yoki şakl; 3) yuzaga keltiruvçi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garçi A. materiyani dastlabki sabablardan biri, deb e'tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uç sababni esa — faol sabab, deb hisoblaydi. Mac, uning fikriça, şaklsiz heç qanday narsaning bölişi aslo mumkin emas, şakl — borliq mohiyatidir, şakl — abadiy, özgarmas va moddiy sababdan ustunrokdir. Yuzaga keltiruvçi sabab harakat yoxud turğunlik man-baidir. Harakat, deydi A., biron-bir narsaning imkoniyatdan voqelikka ötişidir. Harakatning tört turi bor, bular: sifatli harakat yoki özgariş; miqdoriy harakat yoki köpayiş va kamayiş; joyni özgartiriş yoki makondagi harakat; vujudga keliş va yöq bölişdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad — harakat, özgariş, inson faoliyatining oqibatidir. A. ta'limotiga binoan, xudo — öz qonunlari böyiça rivojlanayotgan barça şakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, «şakllarning şakli», maqsadi, olamni harakatga keltiruvçi ilk kuçdir. A. nazariyasiga köra, xar kanday real mavjud bölgan ayrim narsa «materiya» b-n «şakl»ning birligidan iborat, «şakl» esa narsaning öziga xos «körinişi»dir, unga ham «materiya», ham «şakl» deb qaraş mumkin. Şu tariqa butun voqe olam «materiya»dan — «şakl» ga va «şakl»dan — «materiya»ga izçil ravişda ötiş jarayonidan iborat.
A biliş haqidagi ta'limotida «dialektik» biliş b-n «apodiktik» bilişni bir-biridan farqlaydi. «Dialektik» biliş — tajriba samarasi bölmiş «fikr»ni, «apodiktik» biliş esa işonçli bilimni vujudga keltiradi. Ammo A. tajribani işonçli bilimning oliy darajasi, deb hisobla-maydi, uning fikriça, bilimning eng oliy qonunqoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi.
A. mantiq ilmining asosçisidir. A. yaratgan va «analitika» deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tuşunça, muhokama, xulosa kabi asosiy şakllaridan, ayniyat, qarama-qarşilik va uçinçisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlaş yoxud rad etiş us-lublaridan, bir qança kategoriyalardan iborat. Mantiq «ilk falsafa» («metafizika») b-n birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini taşkil etadi.
Biologiya sohasidagi A. Ilmiy xizmatlaridan biri — ösimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi ta'limotidir. Ösimliklarning uruğdan ösibrivojlanişi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelişi, a'zolarining özaro mutanosib ravişda harakat qilişi — tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
A. jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani — etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi ma'naviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafakkirdir. A. aql-zakovatning kuzatiş, muşohada qilişdan iborat faoliyatini barça ne'matlardan ustun qöyadi, uni ezgulik, rohat va lazzat manbai, deb biladi. Amaliy faoliyat esa hamişa ham aql hukmiga böysunavermaydi, binobarin kundalik işlarda ham aql, ham hayotiy tajribani işga solib örta yölni tanlagan ma'qul.
A.ning siyosiy qaraşlari «inson — ijtimoiy mahlukdir» degan ğoyaga asoslanadi, ya'ni oila, jamiyat, davlat — inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yaşay olmaydi. A. oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlaş vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki bölişi, unda barça fuqarolar (qullardan taşqari) avvalo davlat tuzuktartibotidan saboq beruvçi ilmlarni egallaşi şart. A. davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy şart-şaroit vujudga kelişini kutib ötirmay, mavjud imkoniyatdan kelib çiqib, yaxşi konstitutsiya asosida kişilarni boşqara bilişi, birinçi galda yoş avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qayğurişi lozim, deb hisoblaydi. A. davlatni idora etişning uçta ma'qul va uçta noma'qul şakli mavjud, degan ğoyani olğa suradi. Yaxşi boşqaruv şakllari amal qilgan davlatda undan ğarazli maqsadlarda foydalaniş imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida böladiki, bular — monarxiya (yakka podşo hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va «politiya» (örta tabaqa, mö'tadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksinça, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kişilar tödasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oşgan olomon hukmronligi) — monarxiya, aristokratiya va «politiya» şakllarining vaqt ötişi b-n batamom aynigan, yuz tuban ketgan körinişidir.
A.ningtarbiya nazariyasi zami-rida axloqiy va ruhiy qaraşlari yotadi: tarbiyadan maqsad — ruhning oliy jihatlari bölmiş aql-zakovat va irodani kamol toptirişdir. Tarbiyaning özaro çambarças boğliq uç jihati — jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya — ruhning uç turiga muvofiq keladi, ya'ni kamolatga erişişning harakatlantiruvçi kuçlari — tabiiy qobiliyat, könikma va aqlidrokdan iborat hamda tarbiya işi ayni şu kuçlarga asoslanişi zarur.
A. öz iqtisodiy ta'limotidakullik — tabiiy bir hodisa va u doimo i.ç. negizi bölişi lozim, degan nuq-tai nazarga suyanadi. U tovar-pul mu-nosabatlarini tadqiq etib, natural xöjalik b-n tovar i.ç. örtasidagi tafovutlarni anglab yetiş darajasiga yaqin keldi. Uningça, boylik ikki turdan iborat: iste'mol qiymatlari yiğindisi sifatidagi boylik va tovar ayirboşlaş qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni A. «tabiiy boylik» deb ataydi) manbai — dehqonçilik va hunarmandçilik bölib, kişilarning tub ehtiyojlarini qondiriş uçun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni A. «ğayritabiiy boylik» deb nomlagan) aksinça, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat bölmay, özaro ayirboşlaş, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari b-n çegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo çeklab-çegaralab bölmaydi. Şuningdek A. iste'mol qiymati b-n tovar qiymati örtasidagi çegarani birinçi bölib belgilab berdi, turli xil tovarlarii faqat pul vositasida özaro qiyoslaş mumkin, deb hisobladi.
A.dan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng maşhurlari: «Politiya», «Ğoyalar haqida», «Farovonlik haqida», «Birinçi analitika», «Ikkinçi analitika», «Kategoriyalar», «Fizika», «Metafizika», «Jon haqida», «Nikomax axloqi», «Yevdem axloqi», «Axloqi kabir», «Siyosat», «Ekonomika», «Etika», «Poetika», «Ritorika» va b.
A. barça zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Şarq mutafakkirlari ijodida ham çuqur iz qoldirgan. 7 — 8-a. lardan boşlab ayniqsa Horun ar-Raşid va Ma'mun davrida Arab xalifaligi hududida A. asarlari tarjima etilib örganildi, ularga önlab izoh va şarxlar bitildi. Bu işda Örta Osiyoning uluğ olimlari katta rol öynadi. Abu Nasr Forobiy A.ning «Metafizika», «Jon haqida», «Etika», «Kategoriyalar», «Topika», «Analitika» va b. asarlariga ilmiy şarxlar yozib, «Şarq Arastusi» degan unvonga sazovor böldi. Abu Ali ibn Sino öz ustozlarining ilğor ğoyalarini yanada rivojlantirib, A. va Forobiydan keyin «Uçinçi muallim» deb ataldi. Ibn Sino b-n Beruniy örtasida A.ning «Osmon haqida» va «Fizika» asarlari töğrisidagi munozarasi vatanimizda A. merosiga kiziqiş benazir bölganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Ruşd öz salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi A. ijodini tarğib etib, asarlariga şarhlar yozib, «Buyuk Şorih» degan nom oldi. Örta asr Şarqida A. ta'limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda «Şarq aristotelçilari» unvoni b-n maşhurdir.
As: Soç. v 4 tt., M., 1975 — 83; Poetika [rus tilidan Mahkam Mahmudov tarjimasi], T., 1980.
Muzaffar Xayrullayev.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
АРИСТОТЕЛЬ (Aristoteles), Арасту (мил. ав. 384/383, Стагира - 322/321, Эвбея о., Халқида) — Юнонистоннинг буюк файласуфи. Мил. ав. 367 й.да Афинага бориб, Платон академиясида таҳсил кўрди, 20 й. унинг ишларида иштирок этди. Мил. ав. 343 й.дан эътиборан Македония подшоҳи Филипп таклифи б-н шаҳзода Александрта мураббийлик қилди. Мил. ав. 335 й.да Афинага қайтиб, ўзининг Ликей мактабини ташкил қилди. Александр вафотидан сўнг 323 й.да худосизликда айбланиб, Эвбея Халқидасига қочишга мажбур бўлди ва умрининг охиригача шу ерда яшади.
А. қомусий билимлар соҳиби, перипатетика мактаби асосчиси, унинг таълимоти айрим, алоҳида фанларни фалсафий нуқтаи назардан ёритиб берди. Фан соҳаларини таснифлашда фалсафий тизим яратиш б-н А. инсоният тафаккурини ривожлантиришга жуда кучли таъсир кўрсатди.
А. ижоди ўз замонидаги деярли барча билим соҳаларини қамраб олди. Ўзининг «илк фалсафа» га оид («Метафизика») асарида Платоннинг ғоялар назариясини танқид қилди. «Платон ғоялари» мод-дий предметларнинг оддий нусхаси, айнан ўзи эканини кўрсатди. А. айримлик ва умумийликнинг ўзаро муносабати масаласини ҳал этди. Айримлик «бирон-бир жой»дагина ва «ҳозир»дагина мавжуддир, уни ҳис б-н идрок этиш мумкин. Умумийлик эса ҳар қандай жойда ва ҳар вақтда («ҳамма ерда» ва «ҳамма вақт») мавжуд, у муайян шароитда айрим ҳолда юзага келиб, шу айримлик орқали идрок қилинади. Шунингдек умумийлик — фан предмети, уни ақл воситасида билиб олиш мумкин. А. оламдаги ҳодисалар ва предметларнинг сабабларини тўрт гуруҳга бўлади: 1) моддий сабаб ёки материя; 2) шаклий сабаб ёки шакл; 3) юзага келтирувчи сабаб; 4) охирги сабаб ёки мақсад. Гарчи А. материяни дастлабки сабаблардан бири, деб эътироф этса ҳам, уни фақат пассив асос, имконият холос, қолган уч сабабни эса — фаол сабаб, деб ҳисоблайди. Mac, унинг фикрича, шаклсиз ҳеч қандай нарсанинг бўлиши асло мумкин эмас, шакл — борлиқ моҳиятидир, шакл — абадий, ўзгармас ва моддий сабабдан устунрокдир. Юзага келтирувчи сабаб ҳаракат ёхуд турғунлик ман-баидир. Ҳаракат, дейди А., бирон-бир нарсанинг имкониятдан воқеликка ўтишидир. Ҳаракатнинг тўрт тури бор, булар: сифатли ҳаракат ёки ўзгариш; миқдорий ҳаракат ёки кўпайиш ва камайиш; жойни ўзгартириш ёки макондаги ҳаракат; вужудга келиш ва йўқ бўлишдан иборат. Охирги сабаб ёки мақсад — ҳаракат, ўзгариш, инсон фаолиятининг оқибатидир. А. таълимотига биноан, худо — ўз қонунлари бўйича ривожланаётган барча шакллар, табиатдаги жамики ҳодисалар ва ҳамма мавжуд нарсаларнинг олий мақсади, «шаклларнинг шакли», мақсади, оламни ҳаракатга келтирувчи илк кучдир. А. назариясига кўра, хар кандай реал мавжуд бўлган айрим нарса «материя» б-н «шакл»нинг бирлигидан иборат, «шакл» эса нарсанинг ўзига хос «кўриниши»дир, унга ҳам «материя», ҳам «шакл» деб қараш мумкин. Шу тариқа бутун воқе олам «материя»дан — «шакл» га ва «шакл»дан — «материя»га изчил равишда ўтиш жараёнидан иборат.
А билиш ҳақидаги таълимотида «диалектик» билиш б-н «аподиктик» билишни бир-биридан фарқлайди. «Диалектик» билиш — тажриба самараси бўлмиш «фикр»ни, «аподиктик» билиш эса ишончли билимни вужудга келтиради. Аммо А. тажрибани ишончли билимнинг олий даражаси, деб ҳисобла-майди, унинг фикрича, билимнинг энг олий қонунқоидалари бевосита ақл воситасидагина идрок этилади.
А. мантиқ илмининг асосчисидир. А. яратган ва «аналитика» деб номлаган мазкур фан тафаккурнинг тушунча, муҳокама, хулоса каби асосий шаклларидан, айният, қарама-қаршилик ва учинчиси истисно қонунларидан, фикрни исботлаш ёхуд рад этиш ус-лубларидан, бир қанча категориялардан иборат. Мантиқ «илк фалсафа» («метафизика») б-н биргаликда фан соҳаларининг фалсафий тасниф тизимини ташкил этади.
Биология соҳасидаги А. Илмий хизматларидан бири — ўсимлик ва ҳайвонот турларининг биологик жиҳатдан мақсадга мувофиқлиги ҳақидаги таълимотидир. Ўсимликларнинг уруғдан ўсибривожланиши, ҳайвонлардаги инстинктларнинг мақсадга мувофиқ тарзда юзага келиши, аъзоларининг ўзаро мутаносиб равишда ҳаракат қилиши — табиатдаги мақсадга мувофиқлик намунасидир.
А. жаҳон илм тарихида илк бор ахлоқ фани — этикага асос солди. Унинг ахлоқ соҳасидаги маънавий идеали Худодир, Худо энг олий файласуф ва мутафаккирдир. А. ақл-заковатнинг кузатиш, мушоҳада қилишдан иборат фаолиятини барча неъматлардан устун қўяди, уни эзгулик, роҳат ва лаззат манбаи, деб билади. Амалий фаолият эса ҳамиша ҳам ақл ҳукмига бўйсунавермайди, бинобарин кундалик ишларда ҳам ақл, ҳам ҳаётий тажрибани ишга солиб ўрта йўлни танлаган маъқул.
А.нинг сиёсий қарашлари «инсон — ижтимоий маҳлукдир» деган ғояга асосланади, яъни оила, жамият, давлат — инсон ҳаёти ва фаолиятининг асосий соҳаларидир, буларсиз у яшай олмайди. А. оилавий ва ижтимоий тарбияни давлат тузумини мустаҳкамлаш воситаси, деб билади, бинобарин мактаб фақат давлатники бўлиши, унда барча фуқаролар (қуллардан ташқари) аввало давлат тузуктартиботидан сабоқ берувчи илмларни эгаллаши шарт. А. давлат масаласида ҳар қандай арбоб қулай сиёсий шарт-шароит вужудга келишини кутиб ўтирмай, мавжуд имкониятдан келиб чиқиб, яхши конституция асосида кишиларни бошқара билиши, биринчи галда ёш авлоднинг жисмоний ва ақлий тарбияси ҳақида қайғуриши лозим, деб ҳисоблайди. А. давлатни идора этишнинг учта маъқул ва учта номаъқул шакли мавжуд, деган ғояни олға суради. Яхши бошқарув шакллари амал қилган давлатда ундан ғаразли мақсадларда фойдаланиш имкони истисно этилади, ҳокимият эса бутун жамият хизматида бўладики, булар — монархия (якка подшо ҳукмронлиги), аристократия (аслзодалар ҳукмронлиги) ва «полития» (ўрта табақа, мўътадил демократия ҳукмронлиги)дир. Аксинча, тирания (золимона ҳукмронлик), соф олигархия (қудратли кишилар тўдасининг ҳукмронлиги) ва охлократия (ҳаддан ошган оломон ҳукмронлиги) — монархия, аристократия ва «полития» шаклларининг вақт ўтиши б-н батамом айниган, юз тубан кетган кўринишидир.
А.нингтарбия назарияси зами-рида ахлоқий ва руҳий қарашлари ётади: тарбиядан мақсад — руҳнинг олий жиҳатлари бўлмиш ақл-заковат ва иродани камол топтиришдир. Тарбиянинг ўзаро чамбарчас боғлиқ уч жиҳати — жисмоний, ахлоқий ва ақлий тарбия — руҳнинг уч турига мувофиқ келади, яъни камолатга эришишнинг ҳаракатлантирувчи кучлари — табиий қобилият, кўникма ва ақлидрокдан иборат ҳамда тарбия иши айни шу кучларга асосланиши зарур.
А. ўз иқтисодий таълимотидакуллик — табиий бир ҳодиса ва у доимо и.ч. негизи бўлиши лозим, деган нуқ-таи назарга суянади. У товар-пул му-носабатларини тадқиқ этиб, натурал хўжалик б-н товар и.ч. ўртасидаги тафовутларни англаб етиш даражасига яқин келди. Унингча, бойлик икки турдан иборат: истеъмол қийматлари йиғиндиси сифатидаги бойлик ва товар айирбошлаш қийматлари сифатидаги бойлик. 1-тур бойлик (уни А. «табиий бойлик» деб атайди) манбаи — деҳқончилик ва ҳунармандчилик бўлиб, кишиларнинг туб эҳтиёжларини қондириш учун хизмат қилади. 2-тур бойлик эса (уни А. «ғайритабиий бойлик» деб номлаган) аксинча, бевосита эҳтиёж буюмларидан иборат бўлмай, ўзаро айирбошлаш, муомала негизида вужудга келади. Бойлик 1-турининг миқдори инсон эҳтиёжлари б-н чегараланса, 2-турининг миқдорини эса асло чеклаб-чегаралаб бўлмайди. Шунингдек А. истеъмол қиймати б-н товар қиймати ўртасидаги чегарани биринчи бўлиб белгилаб берди, турли хил товарларии фақат пул воситасида ўзаро қиёслаш мумкин, деб ҳисоблади.
А.дан жуда бой фалсафий мерос қолган. Улар орасида энг машҳурлари: «Полития», «Ғоялар ҳақида», «Фаровонлик ҳақида», «Биринчи аналитика», «Иккинчи аналитика», «Категориялар», «Физика», «Метафизика», «Жон ҳақида», «Никомах ахлоқи», «Евдем ахлоқи», «Ахлоқи кабир», «Сиёсат», «Экономика», «Этика», «Поэтика», «Риторика» ва б.
А. барча замонлар олимлари устоз деб билган буюк аллома. Унинг қомусий асарлари, Шарқ мутафаккирлари ижодида ҳам чуқур из қолдирган. 7 — 8-а. лардан бошлаб айниқса Ҳорун ар-Рашид ва Маъмун даврида Араб халифалиги ҳудудида А. асарлари таржима этилиб ўрганилди, уларга ўнлаб изоҳ ва шархлар битилди. Бу ишда Ўрта Осиёнинг улуғ олимлари катта роль ўйнади. Абу Наср Форобий А.нинг «Метафизика», «Жон ҳақида», «Этика», «Категориялар», «Топика», «Аналитика» ва б. асарларига илмий шархлар ёзиб, «Шарқ Арастуси» деган унвонга сазовор бўлди. Абу Али ибн Сино ўз устозларининг илғор ғояларини янада ривожлантириб, А. ва Форобийдан кейин «Учинчи муаллим» деб аталди. Ибн Сино б-н Беруний ўртасида А.нинг «Осмон ҳақида» ва «Физика» асарлари тўғрисидаги мунозараси ватанимизда А. меросига кизиқиш беназир бўлганидан далолат беради. Араб файласуфи Ибн Рушд ўз салафлари Ҳунайн ибн Исҳоқ, Исҳоқ ибн Ҳунайн, Матто ибн Юнус ва Яҳё ибн Адий, ал-Киндий каби А. ижодини тарғиб этиб, асарларига шарҳлар ёзиб, «Буюк Шориҳ» деган ном олди. Ўрта аср Шарқида А. таълимотини давом эттириб, уни Европага танитиб, етук илмий асарлар яратган файласуфлар бутун дунёда «Шарқ аристотелчилари» унвони б-н машҳурдир.
Ас: Соч. в 4 тт., М., 1975 — 83; Поэтика [рус тилидан Маҳкам Маҳмудов таржимаси], Т., 1980.
Музаффар Хайруллаев.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.