Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Aritmiya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 622-b. — ziyouz.com

    Aritmiya (yun. a — inkor qöşimçasi va rythmos — ritm) — yurak qisqarişlari maromi (normal ritmi) ning buzilişi; çuqur nafas olganda yurak qisqarişining tezlaşişi, nafas çikarganda kamayişi (nafasga aloqador A.), köproq bolalar va usmirlarda kuzatiladi; yurakning navbatdan taşqari oldinroq qisqarib qolişi (ekstrasistolik A.), maromli faoliyatining izdan çiqişi (hilpillovçi A.) va b. A. ga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli içimliklar va nikotindan zaharlaniş sabab buladi (q. Yurak).

    Q.: Yurak

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АРИТМИЯ (юн. а — инкор қўшимчаси ва rythmos — ритм) — юрак қисқаришлари мароми (нормал ритми) нинг бузилиши; чуқур нафас олганда юрак қисқаришининг тезлашиши, нафас чикарганда камайиши (нафасга алоқадор А.), кўпроқ болалар ва усмирларда кузатилади; юракнинг навбатдан ташқари олдинроқ қисқариб қолиши (экстрасистолик А.), маромли фаолиятининг издан чиқиши (ҳилпилловчи А.) ва б. А. га юрак мускулларининг касалликлари, неврозлар, спиртли ичимликлар ва никотиндан заҳарланиш сабаб булади (қ. Юрак).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.