Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Arno Danjua

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 72-b. — ziyouz.com

    Danjua Arno DANJUA (Denjoy) Arno (1884.5.1, Oş, Jer departamenta — 1974.27.1) — fransuz matematigi, Parij FA a'zosi (1942), Parij un-ti prof. (1922). Sobiq Ittifoq FA xorijiy a'zosi (1971). Asosiy işlari haqiqiy özgaruvçining funksiyalari nazariyasiga oid. Primitiv funksiya (q. Boşlanğiç funksiya) haqidagi klassik masalaning töla yeçimini bergan. Özi topgan yangi tuşunça — integral D. integrali deb ataladi. Kompleks özgaruvçining funksiyalari nazariyalariga, kvazianalitik funksiyalarga, topologiyaga oid asarlar muallifi.

    Q.: Boşlanğiç funksiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ДАНЖУА (Denjoy) Арно (1884.5.1, Ош, Жер департамента — 1974.27.1) — француз математиги, Париж ФА аъзоси (1942), Париж ун-ти проф. (1922). Собиқ Иттифоқ ФА хорижий аъзоси (1971). Асосий ишлари ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назариясига оид. Примитив функция (қ. Бошланғич функция) ҳақидаги классик масаланинг тўла ечимини берган. Ўзи топган янги тушунча — интеграл Д. интеграли деб аталади. Комплекс ўзгарувчининг функциялари назарияларига, квазианалитик функцияларга, топологияга оид асарлар муаллифи.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.