Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Askorbin kislota

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 699-b. — ziyouz.com

    Askorbin kislota ASKORBIN KISLOTA, vitamin S — kristall modda; skorbutga qarşi vitamin. Hayvonlarning buyrak usti bezlari, gipofizi va jigarida, igna bargli daraxtlar yaproklarida, ayniqsa höl meva va sabzavotlarda köp. Bu vitamin issiqqa çidamsiz, yuqori t-rada buziladi. A. k. organizmdagi oksidlaniş va qaytariliş jarayonlarida qatnaşadi. Uning ovqatda yetişmasligi qon tomirlarning şikastlanişi, qon oqişi b-n keçadigan lavşa (skorbut) kasalligiga sabab böladi. Tibbiyotda keng qöllaniladi (yana q. Vitaminlar).

    Q.: Vitaminlar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АСКОРБИН КИСЛОТА, витамин С — кристалл модда; скорбутга қарши витамин. Ҳайвонларнинг буйрак усти безлари, гипофизи ва жигарида, игна баргли дарахтлар япрокларида, айниқса ҳўл мева ва сабзавотларда кўп. Бу витамин иссиққа чидамсиз, юқори т-рада бузилади. А. к. организмдаги оксидланиш ва қайтарилиш жараёнларида қатнашади. Унинг овқатда етишмаслиги қон томирларнинг шикастланиши, қон оқиши б-н кечадиган лавша (скорбут) касаллигига сабаб бўлади. Тиббиётда кенг қўлланилади (яна қ. Витаминлар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.