Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Vitaminlar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 201–203-b. — ziyouz.com

    Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almaşinuvi uçun zarur bölgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilişga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetişmasligi natijasida odamlar kasal bölişi töğrisidagi ma'lumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinçalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan örganiş 18-a.da boşlagan. Ingliz vraçi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vraçi N. I. Lunin (1880), golland vraçi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni örganişga juda katta hissa qöşdilar. Organizmda V. sintez qilinmaydi, kişi özi uçun zarur V.ni turli ovqat moddalari b-n oladi. Ovqatda V. yetişmaganda gipovitaminoz, mutlaqo bölmaganda avitaminoz paydo böladi. V.ning asosiy manbai ösimliklardir (q. Vitaminli ösimliklar). V. hosil bölişida mikroorganizmlar ham katta rol öynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almaşinuviga rostlovçi ta'sir etişdan iborat. V. organizmda sodir böladigan kimyoviy reaksiyalarni kuçaytiradi, organizmning oziq moddalarni özlaştirişiga ta'sir körsatadi, hujayralarning normal ösişiga va butun organizmning rivojlanişiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini ta'minlaydi. V. organizmda energiya almaşinuvida (V,, B2 V.), aminokislotalar (B6, B12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoretsepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivişida (K vitamin) va kalsiyning özlaştirilişida (D vitamin) iştirok etadi. Şunday qilib, organizmda biror vitamin yetişmasa yoki butunlay bölmasa, moddalar almaşinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetişmaganda kişining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda taşqi muhitning noqulay ta'siriga çadami kamayadi. Vitamin yetişmovçiligiga ovqat tarkibida V. kam bölişigina emas, balki ularning içakda sörilişi, töqimalarga yetkazib berilişi va biologik faol şaklga aylanişi jarayonlarining buzilişi ham sabab böladi. Lekin ba'zi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq bölişi gipervitaminozga olib kelişi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilişi töla örganilib, köplari sintez qilindi (q. Vitamin sanoati).

    Dastlab V. şartli ravişda lotin alifbosining boş harflari: A, V, S, D, Ye, R va h.k. b-n belgilangan. Keyinçalik V.ning kimyoviy tuzilişiga binoan xalqaro standartlaştirişning yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yoğda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yoğda eriydigan V.ga A, D,»1 Ye va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. V.dan taşqari organizmda turli özgarişlarga uçrab V.ga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan ba'zi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga bölgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, soğ yoki kasalligiga boğliq. Odam hayoti uçun V.dan ayniqsa A, V, B2, S, D, RR ning ahamiyati katta.

    Quyida köproq qöllaniladigan V. tavsifi keltirildi.

    Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Ösimlik töqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uçraydi. Köriş pigmentlari hosil bölişida qatnaşib, organizmning normal ösişini, közning turli darajadagi yoruğlikka moslaşişini ta'minlaydi. Organizmda retinol yetişmasa, teri qurişib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toşmalar paydo böladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soç quruq, xira bölib, tökila boşlaydi, tirnoq mörtlaşib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, şabköryaik, konyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetişmasligi sabab böladi. A provitamin (karotin) ösimliklarda, ayniqsa ularning yaşil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida köp.

    Tiamin (V, vitamin) — köpgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobiği (kepagi)da böladi. Tiamin organizmda uglevodlar almaşinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bölsa, ularni özlaştiriş uçun tiamin köproq talab qilinadi. Tiamin bölmasa, polinevrit kasalligi röy beradi. Organizmda bu vitamin bölmasa yoki yetişmasa, nerv sistemasining oğir kasalligi — beri-beri paydo böladi, şuningdek içak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar böşaşişi, jismoniy va ruhiy iş qobiliyatining pasayişi kuzatiladi.

    Riboflavin (B2 vitamin)— ösiş jarayonida qatnaşadi va östiruvçi omillarga kiradi. Oqsil, yoğ va uglevodlar almaşinuvida iştirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, köz gavharidagi moddalar almaşinuviga ta'sir etadi, yoruğlikni seziş va rang ajratişga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat b-n kiradi, ovqatda riboflavin yetişmasa oğiz burçagi, lab yoriladi (q. Lab biçilişi), soç tökiladi, konyunktivit va blefarit kuzatiladi. B2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pişloq, sut, göşt hamda galla va dukkakli ösimliklarda möl-köl.

    Piridoksin (B6 vitamin)— köpgina ösimlik va hayvon mahsulotlari: açitqi, buğdoy murtagi, jigar, baliq, mol göşti va dukkakli donda böladi. U oqsil va yoğning normal hazm bölişini ta'minlab, azot almaşinuvida muhim rol öynaydi. Organizmda piridoksin yetişmasa bolalar ösmay qoladi, me'da-içak işi buziladi, kamqonlik röy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalliğlanişi, qözğaluvçanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kişi organizmi uçun zarur miqdordagi piridoksin içak bakteriyalari ta'sirida hosil böladi.

    Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olişida, oqsillar almaşinuvida qatnaşadi, organizmda ösimlik oqsillarining hazm bölişini tezlaştiradi, me'daning sekret va harakat faoliyatini normallaştiradi, me'da osti bezi işlab çiqaradigan sekret va şira tarkibini yaxşilab, jigar işini barqarorlaştiradi. Organizmda nikotin kislota yetişmasa pellagra kasalligi röy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol göşti, jigari, buyragida, açitqi, guruç kepagi, buğdoy murtagida köp böladi.

    Folat kislota (V, vitamin) ba'zi aminokislotalar almaşinuvida va sintezida, şuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnaşadi, kömikning qon yaratiş funksiyasini kuçaytiradi, B12 vitamin-ning yaxşi özlaştirilişiga yordam beradi. Folat kislota ösimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yaşil barglarda köp. Içak mikroorganizmlari folat kislotani köp mikdorda sintezlaydi.

    Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilişi jarayonida qatnaşadi. Organizmga ovqat b-n kiradi, u organizmda yetişmasa, kamqonlik paydo böladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa köp. Tibbiyotda, çorvaçilik va parrandaçilikda keng qöllaniladi.

    Pantotenat kislota (B5 vitamin) — ösimlik va hayvon töqimalarida köp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallaştiradi.

    Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almaşinuvida, biriktiruvçi töqimalarning özlaştirilişida, bu töqimalarning normal holatda tutib turilişi va tiklanişida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetişmasa, toğay va suyak töqimalari tuzilişi buziladi, lavşa (singa) kasalligi röy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bölmaydi va töplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda böladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.

    Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almaşinuviga, suyak hosil bölişiga ta'sir körsatadi. U yoş bolalar skeletining jadal ösişi va suyaklanişi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetişmasa raxit kasalligi paydo böladi. Tunets, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.

    Tokoferol (Ye vitamin, köpayiş vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuçaytiradi, içki a'zolarda yoğda eriydigan barça V., ayniqsa retinol töplanişiga yordam beradi. Ösimliklarning yaşil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) möl böladi.

    Filloxinon (K vitamin) — qon ivişining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetişmaganda turli a'zolar (burun, milk, me'da-içak va b.) dan qon ketişi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qiçitqi ötning yaşil qismida böladi. Yuqorida aytib ötilgan V.dan taşqari, organizm uçun zarur bölgan boşqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.

    Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notöğri pişirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota bölib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qöyadi. Ovqat pişirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxşi saqlanişi uçun sabzavotni tez artib, yuvib. töğrab, qaynab turgan suvga soliş, qozon qopqoğini yopib qöyiş kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik ta'siri kuçli bölgani uçun V.ni faqat vraç maslahati b-n qabul qiliş lozim.

    Ad.: Sohibov D., Vitaminlar va ularning hayot uçun ahamiyati, T., 1991.

    Özuv Zokirov, Abdukarim Zikiryoyev.

    Q.: Lab biçilişi, Vitamin sanoati, Vitaminli ösimliklar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВИТАМИНЛАР (лот. vita - ҳаёт),дармон дори — тирик организмнинг ҳаёт фаолияти ва нормал моддалар алмашинуви учун зарур бўлган органик бирикмалар. Улар турли хил кимёвий тузилишга эга. Озиқ моддалар таркибида қандайдир моддалар етишмаслиги натижасида одамлар касал бўлиши тўғрисидаги маълумотлар қад. Хитой китобларида, кейинчалик Гиппократ асарларида қайд этилган. В.ни илмий нуқтаи назардан ўрганиш 18-а.да бошлаган. Инглиз врачи Ж. Линд (1757), француз физиологи Ф. Мажанди (1816), рус врачи Н. И. Лунин (1880), голланд врачи Эйкман (1897), инглиз олими Ф. Хопкинс (1906)лар В.ни ўрганишга жуда катта ҳисса қўшдилар. Организмда В. синтез қилинмайди, киши ўзи учун зарур В.ни турли овқат моддалари б-н олади. Овқатда В. етишмаганда гиповитаминоз, мутлақо бўлмаганда авитаминоз пайдо бўлади. В.нинг асосий манбаи ўсимликлардир (қ. Витаминли ўсимликлар). В. ҳосил бўлишида микроорганизмлар ҳам катта роль ўйнайди. В.нинг биологик аҳамияти моддалар алмашинувига ростловчи таъсир этишдан иборат. В. организмда содир бўладиган кимёвий реакцияларни кучайтиради, организмнинг озиқ моддаларни ўзлаштиришига таъсир кўрсатади, ҳужайраларнинг нормал ўсишига ва бутун организмнинг ривожланишига ёрдам беради, организмда ферментлар таркибига кириб, уларнинг нормал функцияси ва фаоллигини таъминлайди. В. организмда энергия алмашинувида (В,, В2 В.), аминокислоталар (В6, В12 В.) ва ёг кислоталар (пантотенат кислота) биосинтезида, фоторецепция жараёнида (А витамин), қон ивишида (К витамин) ва кальцийнинг ўзлаштирилишида (Д витамин) иштирок этади. Шундай қилиб, организмда бирор витамин етишмаса ёки бутунлай бўлмаса, моддалар алмашинуви бузилади. Озиқ-овқатда В. етишмаганда кишининг меҳнат қобилияти пасаяди, организмнинг касалликларга ҳамда ташқи муҳитнинг ноқулай таъсирига чадами камаяди. Витамин етишмовчилигига овқат таркибида В. кам бўлишигина эмас, балки уларнинг ичакда сўрилиши, тўқималарга етказиб берилиши ва биологик фаол шаклга айланиши жараёнларининг бузилиши ҳам сабаб бўлади. Лекин баъзи В.нинг физиологик эҳтиёждан ортиқроқ бўлиши гипервитаминозга олиб келиши ҳам мумкин. Кейинги йилларла 30 дан зиёд витаминнинг кимёвий тузилиши тўла ўрганилиб, кўплари синтез қилинди (қ. Витамин саноати).

    Дастлаб В. шартли равишда лотин алифбосининг бош ҳарфлари: А, В, С, Д, Е, Р ва ҳ.к. б-н белгиланган. Кейинчалик В.нинг кимёвий тузилишига биноан халқаро стандартлаштиришнинг ягона номи қабул қилинди. В.сувда эрийдиган, ёғда эрийдиган ва витаминсимон бирикмаларга ажратилади. Ёғда эрийдиган В.га А, Д,»1 Е ва К, сувда эрийдиганларига В комплекси витаминлари ва С, РР киради. В.дан ташқари организмда турли ўзгаришларга учраб В.га айланадиган моддалар — провитаминлар ҳам бор. Провитаминларга каротинлар (А провитамин), Д витаминга айланадиган баъзи бир стеринлар (эргостерин ва б.) киради. Одамнинг В.га бўлган бир кунлик эҳтиёжи организмнинг умумий ҳолатига, меҳнат тарзига, соғ ёки касаллигига боғлиқ. Одам ҳаёти учун В.дан айниқса А, В, В2, С, Д, РР нинг аҳамияти катта.

    Қуйида кўпроқ қўлланиладиган В. тавсифи келтирилди.

    Ретинол (А витамин) табиатда кенг тарқалган. Ўсимлик тўқималарида А провитамин (организмда ретинолга айланадиган каротиноид пигментлар) ҳолида учрайди. Кўриш пигментлари ҳосил бўлишида қатнашиб, организмнинг нормал ўсишини, кўзнинг турли даражадаги ёруғликка мослашишини таъминлайди. Организмда ретинол етишмаса, тери қуришиб оқаради, қипиқланади, мугузланади, унда майда тошмалар пайдо бўлади, терининг йирингли касалликлари авж олади, соч қуруқ, хира бўлиб, тўкила бошлайди, тирноқ мўртлашиб қолади. Ёруққа қарай олмаслик, шабкўряик, конъюнктивит, блефаритта асосан А витамин етишмаслиги сабаб бўлади. А провитамин (каротин) ўсимликларда, айниқса уларнинг яшил баргларида, А витамин ҳайвон ва балиқ жигарида, балиқ мойида кўп.

    Тиамин (В, витамин) — кўпгина озиқ-овқат маҳсулотлари таркибига киради. У асосан доннинг муртаги ва қобиғи (кепаги)да бўлади. Тиамин организмда углеводлар алмашинувида муҳим аҳамиятга эга; овқат углеводларга сероб бўлса, уларни ўзлаштириш учун тиамин кўпроқ талаб қилинади. Тиамин бўлмаса, полиневрит касаллиги рўй беради. Организмда бу витамин бўлмаса ёки етишмаса, нерв системасининг оғир касаллиги — бери-бери пайдо бўлади, шунингдек ичак перистальтикаси сусаяди, қабзият, мускуллар бўшашиши, жисмоний ва руҳий иш қобилиятининг пасайиши кузатилади.

    Рибофлавин (В2 витамин)— ўсиш жараёнида қатнашади ва ўстирувчи омилларга киради. Оқсил, ёғ ва углеводлар алмашинувида иштирок этади. Марказий нерв системаси ҳолатини ростлайди, кўз гавҳаридаги моддалар алмашинувига таъсир этади, ёруғликни сезиш ва ранг ажратишга ёрдам беради. Рибофлавин организмга озиқ-овқат б-н киради, овқатда рибофлавин етишмаса оғиз бурчаги, лаб ёрилади (қ. Лаб бичилиши), соч тўкилади, конъюнктивит ва блефарит кузатилади. В2 витамин асосан ҳайвон маҳсулотлари — тухум, пишлоқ, сут, гўшт ҳамда галла ва дуккакли ўсимликларда мўл-кўл.

    Пиридоксин (В6 витамин)— кўпгина ўсимлик ва ҳайвон маҳсулотлари: ачитқи, буғдой муртаги, жигар, балиқ, мол гўшти ва дуккакли донда бўлади. У оқсил ва ёғнинг нормал ҳазм бўлишини таъминлаб, азот алмашинувида муҳим роль ўйнайди. Организмда пиридоксин етишмаса болалар ўсмай қолади, меъда-ичак иши бузилади, камқонлик рўй беради. Ҳомиладорларда стоматит, терининг яллиғланиши, қўзғалувчанлик, уйқусизлик кузатилади. Киши организми учун зарур миқдордаги пиридоксин ичак бактериялари таъсирида ҳосил бўлади.

    Никотинамид, никотин кислота (РР витамин) ҳужайраларнинг нафас олишида, оқсиллар алмашинувида қатнашади, организмда ўсимлик оқсилларининг ҳазм бўлишини тезлаштиради, меъданинг секрет ва ҳаракат фаолиятини нормаллаштиради, меъда ости бези ишлаб чиқарадиган секрет ва шира таркибини яхшилаб, жигар ишини барқарорлаштиради. Организмда никотин кислота етишмаса пеллагра касаллиги рўй беради. Никотин кислота уй паррандаси, мол гўшти, жигари, буйрагида, ачитқи, гуруч кепаги, буғдой муртагида кўп бўлади.

    Фолат кислота (В, витамин) баъзи аминокислоталар алмашинувида ва синтезида, шунингдек нуклеин кислоталар синтезида қатнашади, кўмикнинг қон яратиш функциясини кучайтиради, В12 витамин-нинг яхши ўзлаштирилишига ёрдам беради. Фолат кислота ўсимлик ва ҳайвон маҳсулотларида, айниқса, жигар, буйрак ва яшил баргларда кўп. Ичак микроорганизмлари фолат кислотани кўп микдорда синтезлайди.

    Цианкобаламин мин) — юқори биологик фаол модда. Метионин, нуклеин кислоталар синтезида ва қон яратилиши жараёнида қатнашади. Организмга овқат б-н киради, у организмда етишмаса, камқонлик пайдо бўлади. Цианкобаламин мол жигарида айниқса кўп. Тиббиётда, чорвачилик ва паррандачиликда кенг қўлланилади.

    Пантотенат кислота (В5 витамин) — ўсимлик ва ҳайвон тўқималарида кўп. Нерв системаси ҳамда буйрак усти ва қалқонсимон безлар фаолиятини нормаллаштиради.

    Аскорбин кислота (С витамин) — моддалар алмашинувида, бириктирувчи тўқималарнинг ўзлаштирилишида, бу тўқималарнинг нормал ҳолатда тутиб турилиши ва тикланишида муҳим аҳамиятга эга. Организмда С витамин етишмаса, тоғай ва суяк тўқималари тузилиши бузилади, лавша (цинга) касаллиги рўй беради. Организмда аскорбин кислота ҳосил бўлмайди ва тўпланмайди. С витамин сабзавот ва меваларда бўлади. Аскорбин кислота турли поливитамин препаратлари таркибига киради.

    Кальциферол (Д витамин) моддаларнинг минерал алмашинувига, суяк ҳосил бўлишига таъсир кўрсатади. У ёш болалар скелетининг жадал ўсиши ва суякланиши даврида айниқса зарур. Организмда Д витамин етишмаса рахит касаллиги пайдо бўлади. Тунец, треска ва б. балиқлар мойи кальциферол манбаи ҳисобланади.

    Токоферол (Е витамин, кўпайиш витамини) мускул ва жинсий безлар фаолиятини кучайтиради, ички аъзоларда ёғда эрийдиган барча В., айниқса ретинол тўпланишига ёрдам беради. Ўсимликларнинг яшил қисми ҳамда улардан олинадиган мойда (мас., кунгабоқар мойида) мўл бўлади.

    Филлохинон (К витамин) — қон ивишининг асосий омилларидан бири. Организмда К витамин етишмаганда турли аъзолар (бурун, милк, меъда-ичак ва б.) дан қон кетиши кузатилади. Филлохинон салат, карам, исмалоқ, қичитқи ўтнинг яшил қисмида бўлади. Юқорида айтиб ўтилган В.дан ташқари, организм учун зарур бўлган бошқа биологик фаол моддалар (витаминсимон бирикмалар) ҳам бор. Буларга биофлавоноидлар, холин, инозит, липоат, орот, пангамат, парааминбензоат кислоталари ва б. моддалар киради.

    Мева, сабзавот ва б. масаллиқлар узок, сақланганда ва нотўғри пиширилганда В. камаяди. В.дан энг беқарори аскорбин кислота бўлиб, уни офтоб, иссиқ ва нам ҳаво бузиб қўяди. Овқат пиширганда В., айниқса аскорбин кислота яхши сақланиши учун сабзавотни тез артиб, ювиб. тўғраб, қайнаб турган сувга солиш, қозон қопқоғини ёпиб қўйиш керак. В. препаратлари дорихоналарда мавжуд, аммо биологик таъсири кучли бўлгани учун В.ни фақат врач маслаҳати б-н қабул қилиш лозим.

    Ад.: Соҳибов Д., Витаминлар ва уларнинг ҳаёт учун аҳамияти, Т., 1991.

    Ўзув Зокиров, Абдукарим Зикирёев.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.