Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Assit

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 735-b. — ziyouz.com

    Assit (yun. askos — qorin) — qorin istisqosi. Qorin böşliğida tiniq rangsiz yoki oç sariq suyuqlik yiğilişi. A.ga yurak xastaliklari, jigar sirrozi, nafas yöllari va öpkaning surunkali kasalliklari, buyrak kasalliklari (nefroz va nefrit), qorin böşliği a'zolari ösmasi, sil va b. sabab böladi (yana q. Istisqo).

    Q.: Istisqo

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АСЦИТ (юн. askos — қорин) — қорин истисқоси. Қорин бўшлиғида тиниқ рангсиз ёки оч сариқ суюқлик йиғилиши. А.га юрак хасталиклари, жигар циррози, нафас йўллари ва ўпканинг сурункали касалликлари, буйрак касалликлари (нефроз ва нефрит), қорин бўшлиғи аъзолари ўсмаси, сил ва б. сабаб бўлади (яна қ. Истисқо).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.