Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Asteniya

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 711–712-b. — ziyouz.com

    Asteniya (yun. astenia — darmonsizlik) — asabiy-ruhiy quvvatsizlik; bunday bemorning kayfiyati özgaruvçan bölib, tez toliqadi, ozib ketadi, uyqusi buziladi. Yiğloqi bölib qoladi; vegetativ nerv sistemasining vazifasi izdan çiqadi, uzoq vaqtgaça boş oğriydi. Boşdan keçirilgan kasalliklar, şikastlanişlar, ruxiy toliqiş, içki a'zolar xastaligi (me'da yara kasalligi, gastrit, kolit, xoletsistit va b.), miya şikastlanişi va b. A.ga sabab böladi. A. yuqumli kasalliklardan tuzaliş davrida kuzatiladigan holatlardan biri (yana q. Nevrasteniya).

    Q.: Nevrasteniya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АСТЕНИЯ (юн. astenia — дармонсизлик) — асабий-руҳий қувватсизлик; бундай беморнинг кайфияти ўзгарувчан бўлиб, тез толиқади, озиб кетади, уйқуси бузилади. Йиғлоқи бўлиб қолади; вегетатив нерв системасининг вазифаси издан чиқади, узоқ вақтгача бош оғрийди. Бошдан кечирилган касалликлар, шикастланишлар, рухий толиқиш, ички аъзолар хасталиги (меъда яра касаллиги, гастрит, колит, холецистит ва б.), мия шикастланиши ва б. А.га сабаб бўлади. А. юқумли касалликлардан тузалиш даврида кузатиладиган ҳолатлардан бири (яна қ. Неврастения).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.