Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Avtovokzal

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 119–120-b. — ziyouz.com

    Avtovokzal — şaharlararo avtobus liniyalarining oxirgi va oraliq punktlarida yölovçilarga xizmat körsatadigan inşootlar majmui. A. binosida yölovçilar zali, dispetçerlik xonasi, omonatxonalar, kasallar, bolalar xonalari va b.; perronlar böladi. Avtobuslar harakatini boşqarib turiş uçun A. avtosignalizatsiya, radioaloqa va televizon qurilmalar b-n jihozlanadi (yana q. Vokzal). Özbekistondagi hamma katta şaharlarda A. bor. Toşkentda «Toşkent» va «Samarqand» A. lari faoliyat körsatmoqda. Özbekistonda 27 ta A., 120 ta avtostansiya mavjud (1999).

    Q.: Vokzal

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АВТОВОКЗАЛ — шаҳарлараро автобус линияларининг охирги ва оралиқ пунктларида йўловчиларга хизмат кўрсатадиган иншоотлар мажмуи. А. биносида йўловчилар зали, диспетчерлик хонаси, омонатхоналар, касаллар, болалар хоналари ва б.; перронлар бўлади. Автобуслар ҳаракатини бошқариб туриш учун А. автосигнализация, радиоалоқа ва телевизон қурилмалар б-н жиҳозланади (яна қ. Вокзал). Ўзбекистондаги ҳамма катта шаҳарларда А. бор. Тошкентда «Тошкент» ва «Самарқанд» А. лари фаолият кўрсатмоқда. Ўзбекистонда 27 та А., 120 та автостанция мавжуд (1999).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.