Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Bank operatsiyalari

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 90–91-b. — ziyouz.com

    Bank operatsiyalari - banklar amalga oşiradigan operatsiyalar: joriy yoki boşqa hisob varaqqa pul qabul qiliş, foizi b-n yoki foizsiz kreditlar beriş, birja topşiriqlarini bajariş, qimmatbaho qoğozlar, aksiyalar sotib oliş, mijozlarning topşiriqlarini bajariş, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar beriş, şuningdek boşqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar böyiça operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlaş uçun resurslar hosil qiliş) va aktiv (foyda oliş maqsadlarida bu resurslarni işlatiş) turlarga bölinadi (q. Banklar).

    Q.: Banklar

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАНК ОПЕРАЦИЯЛАРИ - банклар амалга оширадиган операциялар: жорий ёки бошқа ҳисоб вараққа пул қабул қилиш, фоизи б-н ёки фоизсиз кредитлар бериш, биржа топшириқларини бажариш, қимматбаҳо қоғозлар, акциялар сотиб олиш, мижозларнинг топшириқларини бажариш, товарлар ёки товар ҳужжатлари гарови ҳисобига ссудалар бериш, шунингдек бошқа ҳар қандай пулли ва нақд пулсиз ҳисобкитоблар бўйича операциялар киради. Асосан пассив (кредитлаш учун ресурслар ҳосил қилиш) ва актив (фойда олиш мақсадларида бу ресурсларни ишлатиш) турларга бўлинади (қ. Банклар).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.