Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Baytqörğoniy

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 36-b. — ziyouz.com

    Baytqörğoniy — örtapişar qovun navi (Toşkent ş. yaqinidagi Baytqörğon qişloği nomidan). Şakli tuxumsimon, yirik, uz. 30 — 36 sm, oğirligi 4 — 6 kg. Sirti tekis, dağalroq, yoppasiga tör b-n qoplangan, tusi sariq. Pösti qalin, eti oq, yumşoq, serşira, qalinligi 4,5 — 5 sm. Uruği unib çiqqanidan söng 85 — 93 kunda pişadi. Tarkibida 7,3 — 9,4% qand bor. Hosildorligi 200 — 300 s.ga. Uzoq joylarga yuboriş va saqlaşga çidamli. B. Toşkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi (q. Qovun).

    Q.: Qovun

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БАЙТҚЎРҒОНИЙ — ўртапишар қовун нави (Тошкент ш. яқинидаги Байтқўрғон қишлоғи номидан). Шакли тухумсимон, йирик, уз. 30 — 36 см, оғирлиги 4 — 6 кг. Сирти текис, дағалроқ, ёппасига тўр б-н қопланган, туси сариқ. Пўсти қалин, эти оқ, юмшоқ, сершира, қалинлиги 4,5 — 5 см. Уруғи униб чиққанидан сўнг 85 — 93 кунда пишади. Таркибида 7,3 — 9,4% қанд бор. Ҳосилдорлиги 200 — 300 ц.га. Узоқ жойларга юбориш ва сақлашга чидамли. Б. Тошкент, Сирдарё ва Бухоро вилоятларида экилади (қ. Қовун).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.