Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Beh

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 291-b. — ziyouz.com

    Beh (Acanthophyllum gypsophiljides)— çinniguldoşlar oilasiga mansub köp yillik öt. Ildizida 10—30% saponin bor. B.ning ildizidan tayyorlangan ekstrakt modda yötalni qoldirib, balğam köçiradigan va jarohatlarni bitiradigan dori sifatida xalq tabobatida, şuningdek, qandolatçilik, binokorlik, töqimaçilik sanoatida va xalq xöjaligining boşqa tarmoqlarida işlatiladi (q. Yetmak).

    Q.: Yetmak

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    БЕҲ (Acanthophyllum gypsophiljides)— чиннигулдошлар оиласига мансуб кўп йиллик ўт. Илдизида 10—30% сапонин бор. Б.нинг илдизидан тайёрланган экстракт модда йўтални қолдириб, балғам кўчирадиган ва жароҳатларни битирадиган дори сифатида халқ табобатида, шунингдек, қандолатчилик, бинокорлик, тўқимачилик саноатида ва халқ хўжалигининг бошқа тармоқларида ишлатилади (қ. Етмак).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.